2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Oliy sud sayyor qabul oʻtkazdi

Fuqaro I.Hasanov Toshkent viloyati Chirchiq shahar “Tinchlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 34-uyda 18 yildan buyon istiqomat qiladi. Uyning kommunal va boshqa toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlab keladi. Ammo fuqaroning figʻoni falakda. Xoʻsh, nega?

– Oilada 13 nafar jonmiz, – deydi u. – Ikki xonali ushbu 16-xonadonda oilam bilan 2000 yildan ijara asosida yashashni boshladik. Oradan 2 yil oʻtib, uyning egasi vafot etdi. Vorislari yoʻq edi. Shu-shu, ushbu manzilda yashab, uyning barcha kommunal va boshqa toʻlovlarini vaqtida toʻlab kelamiz. Muammo shundaki, uyga egalik huquqi soʻrab, shahar sudiga murojaat qilsam, hokimiyatga, hokimiyat esa yana qayta sudga yoʻnaltiradi. Xullas, murojaatimning yechimi yoʻq, ikki tashkilot oʻrtasida sarsonman...

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida oʻtkazilgan sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan shu kabi koʻplab muammoli murojaatlar kelib tushdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman va shaharlardagi Xalq qabulxonalarida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda Oliy sud, viloyat, tuman va shahar sudlari sudyalari tomonidan fuqarolar murojaati tegishli tartibda oʻrganilib, hal etildi.

 

13.JPG

 

– Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlashda mutlaqo yangi, samarali tizim yaratildi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi, Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi oʻrinbosari I.Muslimov. – Bu yoʻnalishdagi islohotlar samarasini Prezidentimizning virtual qabulxonasi va joylardagi Xalq qabulxonalari faoliyatida ham koʻrish mumkin. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar tomonidan joylarda sayyor qabullar tashkil etilayotgani aholining murojaatlarini samarali hal etishda muhim omil boʻlmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida Oliy sud rahbariyati va sudyalari tomonidan yurtimizning barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullar oʻtkazish rejalashtirilgan.

 

Maʼlumotlarga koʻra, sayyor qabullarda fuqarolarning jinoyat ishlariga oid 130 ga yaqin, fuqarolik ishlari boʻyicha 150 dan ortiq, maʼmuriy va iqtisodiy ishlar boʻyicha 50 ta, jami 330 dan ortiq yozma va ogʻzaki murojaati oʻrganib chiqilgan. Oʻrganilgan murojaatlar boʻyicha 300 dan ortiq fuqaroga huquqiy tushuntirish berilgan boʻlsa, 31 ta murojaat yuzasidan Oliy sudda koʻrib chiqish uchun ariza qabul qilingan.

 

Avazbek XUDOYQULOV, O.Gʻulomov (surat), OʻzA

12.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar