2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti tashkil etiladi

“Sirli mijoz” institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiisteʼmol qilishga undovchi usullarni qoʻllash taqiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 fevralda “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Mazkur qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini monitoring qilish va baholash milliy tizimini yaratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.

 

Shuningdek, qarorga muvofiq, “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti joriy etiladi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirishdir. 

 

Shuningdek,

 

• “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalanish doirasidagi chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladi;

 

• “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiisteʼmol qilishga undovchi usullarni qoʻllash taqiqlanadi;

 

• “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti maʼmuriy tartib-qoidalar amalga oshirilishi qulayligi va davlat organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholaydi;

 

• maʼlumotlarni yigʻish uchun haqiqiy “mijoz” koʻrinishida monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar va boshqa shaxslar (“sirli mijozlar”)dan foydalaniladi;

 

• “sirli mijoz” tomonidan monitoring nafaqat bevosita obyektlarga tashrif buyurishlar, balki monitoring amalga oshirilayotgan davlat xizmatlariga qarab boshqa vositalar (telefon qoʻngʻiroqlari, elektron pochta orqali murojaat qilish va boshqalar) orqali ham amalga oshirilishi mumkin;

 

• “davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalari shaxsiy boʻlmagan shaklda rasmiylashtiriladi hamda qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish uchun tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatadigan vazirlik va idoralarga majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun taqdimnomalar yuboriladi;

 

• “davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalari tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatadigan vazirlik hamda idoralar xodimlarini javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi va tavsiyaviy koʻrinishga ega boʻladi;

 

• “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti faoliyatini yuritish bilan bogʻliq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

OʻzA

26.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar