Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida uy bekalari uchun “Tomorqa – daromad manbai” mavzusida muloqot va mahorat darsi oʻtkazildi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, viloyat, tuman va shaharlar xotin-qizlar qoʻmitasining masʼul xodimlari, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi va shahar-tumanlar boʻlimlari vakillari, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar ishtirok etdi.
“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan xotin-qizlar bandligini taʼminlash, uy bekalarining maqsadli, daromadli ijtimoiy mehnat bilan band boʻlishi borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar oʻz samarasini berayotgani taʼkidlandi. Tomorqadan unumli foydalanish evaziga daromadli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish orqali oilalar farovonligini yuksaltirish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi aʼzosi Gulshana Xudoyorova “Har bir oila – tadbirkor” dasturining mazmun-mohiyatini haqida atroflicha soʻz yuritdi. Tumanda tomorqasidan yaxshi daromad olayotgan oilalar tajribasi eshitildi. Ana shunday uy bekalaridan biri Sanobar Tillayeva ishtirokchilarga oʻz tomorqasida mahorat darsi oʻtdi. 12 sotixli issiqxonada limon va turli koʻkatlar yetishtirish boʻyicha tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.
– Harakat qilgan, mehnat qilgan odam kam boʻlmaydi, – deydi Sanobar Tillayeva. – Issiqxonamizda 5 kishi doimiy qoʻshimcha ish bilan taʼminlangan. Oʻtgan yili 20 million soʻm daromad qildik. Aslida, gap mablagʻda emas, oilaviy mehnat qilsang, hovling yashnab tursa, buning tarbiyaviy ahamiyati katta.
Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
Abdujalol Qayumov, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |