2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Oliy sud Farg‘onada sayyor qabul o‘tkazdi

Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Kamilov va Oliy sud sudyalari tomonidan aholining jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida 181 nafar fuqarolarning murojaati tinglanib, mahalla raislari, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan shaxslar, muqaddam sudlangan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari, shu bilan birga oila va nikoh, uy-joy, mol-mulk, ommaviy huquqiy munosabatlar, ma’muriy huquqbuzarliklar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

 

Tadbirda 98 nafar fuqaroning nazorat tartibidagi arizalari qabul qilindi, 72 nafar fuqaroga murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, 11 nafar fuqaroning tashakkurnoma va minnatdorchilik xatlari qabul qilindi.

 

– O‘g‘lim Abduqahhor Qosimov yoshlik qilib, avtomashina olib qochish jinoyatini sodir etganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudi tomonidan 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi, lekin o‘g‘limning jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining apellyatsiya instansiyasi sudida qaytadan ko‘rib chiqilib, yoshligi, muqaddam sudlanmaganligi, oilaviy sharoitimiz, 3-guruh nogironi ekanligim inobatga olinib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, sud zalida qamoqdan ozod qilinib, adolatli qaror qabul qilindi, - deydi, Uchko‘prik tumanilik Ma’muraxon Vahobova.

 

Oltiariq tumani Qapchug‘ay qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.Mahmudova Oliy sud raisiga tashakkurnoma bilan murojaat qilib, firibgarlarga aldanib qolganligi tufayli 2016 yildan buyon 13 ming 250 AQSh dollari miqdoridagi pullarini ololmasdan sarson bo‘lib yurganligini, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi tomonidan qabul qilingan adolatli qaror natijasida firibgarlardan pullar undirib olganligini, hozirda sudlar tomonidan adolatli qarorlar qabul qilinayotganligidan minnatdor ekanligini ma’lum qildi.

 

Har bir murojaat va uning yechimini qonun talablari doirasida ijobiy hal qilish nazoratga olindi.

 

photo5201862212375915342.jpg

 

photo5201862212375915344.jpg

 

photo5201862212375915345.jpg

 

photo5201862212375915346.jpg

 

photo5201971811351374359.jpg

11.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar