Farg‘ona viloyati Quva tumani mirishkorlari meva-sabzavot yetishtirishda katta tajribaga ega. Quva anori, gilosi va qirmizi olmalarining ta’rifi xorijda ham mashhur. Bugungi kunda tomorqadan salmoqli daromad topayotgan oilalar soni tobora ko‘payib bormoqda.
Dala yumushlari boshlangan ayni paytda hech bir mahallada bekorchi kishini uchratmaysiz. Hamma o‘z tomorqasida band. Kaftdek yerning xazina ekanini bilgan oila borki, yilning har to‘rt faslida biror qishloq xo‘jaligi mahsulotini ekadi. Ro‘zg‘oridan ortganini bozorga olib boradi.
– Tumanimizdagi 40 mingdan ziyod xonadon tasarrufida 2 ming 930 gektar tomorqa maydoni bor, – deydi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Homidjon Usmonov. – Keyingi yillarda aholining tomorqaga munosabati keskin o‘zgardi. Birgina joriy yilning o‘tgan davrida mahallalarda 300 dan ziyod issiqxona tashkil etilgani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Yangichek mahallasi ko‘chat, Akbarobod mahallasi rediska, Qoraqum mahallasi bodring yetishtirishda katta tajribaga ega.
Yuqori Qo‘rg‘oncha – tumanning obod mahallalaridan. Mahalladagi oilalar asosan pomidor, bodring va turli ko‘chatlar yetishtiradi. Qishning qahri ketib ulgurmay, tomorqa yumushlarini boshlab yuboradigan bu mirishkorlar ertapishar hosildan mo‘may daromad oladi. Mahallada bugun kimdir yangi imoratga poydevor qo‘yishni boshlagan, boshqasi so‘nggi rusumdagi avtomashina sotib olgan. To‘ylar-to‘ylarga ulanmoqda. Bularning barchasi tomorqadagi mehnat samarasidir.
Ergashali Qosimovning xonadoniga kirgan kishi o‘zini gullar olamiga kirib qolgandek his etadi. Ayni kunlarda bu yerdagi 4 ta issiqxonada 100 xildan ortiq gul ko‘chatlari parvarishlanmoqda. Tomorqadan topilgan daromad evaziga avtomashinalar oldi, uy-joylar soldi.
– Tomorqa nafaqat qo‘shimcha daromad manbai, balki farzandlar tarbiyasida ham katta rol o‘ynaydi, – deydi Ergashali Qosimov. – Chunki tomorqada bolalar halol mehnat qilib, o‘z peshona teri bilan daromad topishni o‘rganadi. Ochig‘i, dehqonchilik qilib kam bo‘lganimiz yo‘q. O‘g‘illarim Alisher, Mirjalol va kelinlarim shu yerdagi ishlar bilan shug‘ullanadi. Gullarga yurtimizning barcha hududlaridan xaridor bor. O‘tgan yili 50 million so‘m sof daromad oldik.
Rahmatjon Hakimov ham ilgari chet elga ishlagani borardi, bugun esa bunga hojat qolmadi. U o‘z tomorqasida issiqxona tashkil qilib, bodring va pomidor yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, 70 asalari oilasi bor. Qo‘lidan duradgorlik kelgani uchun bo‘sh vaqtida asalari qutisi ham tayyorlaydi. Hozirning o‘zida tumandagi fermerlar va aholi tomonidan asalari qutisiga 500 dan ziyod buyurtma tushgan.
Shu mahallada yashovchi Abduqahhor Mamajonov esa plyonka ostida qulupnay parvarishlamoqda. U bugun-erta bu mahsulotni bozorga olib chiqish harakatida.
Muxtasar aytganda, tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida tomorqa madaniyati odamlarning hayot tarziga aylanib bormoqda. Bu esa oilalar farovonligiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |