2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Moʻynoqda talabalar tomonidan barpo qilgan bogʻlar maydoni kengaymoqda

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tashabbusi bilan bundan bir yil avval Moʻynoq tumani Shagʻirli ovulida bunyod etilgan “Qoʻqon bogʻi”ga ekilgan daraxtlar kurtak yoza boshladi boshladi.

Hozirgi kunda ushbu joyda ekilgan mevali va manzarali daraxtlarning asosiy qismi, yerga moslashib tutib ketdi.

 

–Moʻynoq tumanidagi ekologik muammoni bartaraf etishda oʻz ulushini qoʻshish maqsadida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rahbariyati tashabbusi bilan oʻtgan yili “Qoʻqon bogʻi” tashkil etilgan edi, – deydi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali direktori P.Paaluaniyazov. – Muassasaning Fargʻona va Nukus filiallari ishtirokida bogʻni barpo etishda mevali daraxtlar va Kaliforniya daraxti qalamchalari olib kelinib ekilgan edi. Bu bogʻ Orol dengizining qurishi oqibatida yuzaga kelayotgan ekologik vaziyatni yaxshilashda oz boʻlsada oʻz taʼsirini koʻrsatadi deb oʻylaymiz.

 

photo_2019-03-17_17-42-22.jpg

 

Ushbu xayrli ishning mantiqiy davomi sifatida oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi 2 gektar maydonda Oʻzbekiston Milliy universitetining oʻquv-ilmiy maydonchasi tashkil etilib, ushbu universitetning talaba-yoshlari bogʻ barpo qilmoqda. Mazkur ishga Nukus davlat pedagogika instituti hamda Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari ham hamkorlik qilmoqda.

 

“Orol va yoshlar” shiori ostida tashabbuskor talaba-yoshlar oʻquv-ilmiy ekspeditsiyasi aʼzolari tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirning dastlabki kunida hudud toʻliq koʻchatlar ekish uchun tayyorlandi.

 

Ekspeditsiyaning axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, hozirda bogʻ yaratish ishlari boshlanib, hududni simmetrik oʻlchash, joʻyak olish, chuqurchalar qazish, tuproq geomorfologiyasini tadqiq qilish kabi ishlar bajarildi. Archa va tok koʻchatlari ekildi. Umuman, yangi bogʻga 12 turdagi mevali, manzarali oʻsimliklar ekilishi reja qilingan.

 

photo_2019-03-17_17-42-24.jpg

 

Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari predmeti aynan Orol muammosi, Orolboʻyi tuprogʻi, oʻsimliklari, suvlari, ularning tarkibi hamda xususiyatlarini tadqiq etishdir.

 

Ekspeditsiya aʼzolari hududda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, Orolboʻyi tuproqlari, oʻsimliklari, suvlari va ularning tarkibi hamda xususiyatlarini oʻrganadi.

 

photo_2019-03-17_17-42-25.jpg

 

photo_2019-03-17_17-42-27.jpg

18.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar