Chiroqchi tumanidagi Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ahror Meylievning 12 sotix tomorqasi bor. Ana shu tomorqaning 2 sotixida tashkil etilgan limonariya mevaga kirgan, yana 2 sotixli issiqxonada yiliga ikki-uch marta pomidor ekilib, salmoqli hosil olinadi. Ochiq hududda esa doimiy ravishda kartoshka, sabzi, sholg‘om kabi ekinlar ekiladi.
Tomorqachining ta’kidlashicha, xonadonning har bir a’zosi bo‘sh vaqti bo‘ldimi, tomorqada ishlaydi. Etishtirilgan meva-sabzavotning bir qismi oila ehtiyojini qoplasa, qolgani bozorda sotiladi. Mehnatlari ortidan hayoti farovon, dasturxoni to‘kin.
Xuddi shuncha er va imkoniyat tumanning Yangiqishloq mahallasida yashovchi Shuhrat Rajabovda ham bor. Biroq u erdan umuman foydalanayotgani yo‘q. Er bekorga uvol bo‘lib yotibdi. Tabiiyki, birinchi oila har yili tomorqadan olayotgan millionlab daromad bunisida yo‘q.
Shu kabi holatlar tarkibiga viloyat va tuman hokimliklari, prokuratura, ichki ishlar, soliq organlari, mahalla va boshqa mutasaddi tashkilotlarning vakillari kiritilgan ishchi guruh tomonidan tumanda o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida ro‘yxatga olindi.
— Tumanda aholining tomorqadan foydalanish holati o‘rganilganda, erdan yuqori daromad olayotganlar bilan bir qatorda bu imkoniyatni to‘liq qo‘ldan boy berayotgan xonadonlar ham aniqlandi, — deydi tuman soliq inspeksiyasi mutaxassisi Asqar Hushvaqtov. — Ma’lumki, mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tomorqadan unumli foydalanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mavjud soliq tizimiga ham o‘zgartishlar kiritilib, tomorqa er uchastkalaridan foydalanish tartibini buzayotgan er egalariga nisbatan choralar belgilangan. Unga ko‘ra, yakka tartibda uy-joy qurish va obodonlashtirish uchun berilgan er uchastkalarining tomorqa qismida asossiz ravishda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekmagan yoki ularni obodonlashtirmagan fuqarolar endilikda er solig‘ini 3 barobar oshirilgan miqdorda to‘laydi. O‘rganishlar jarayonida tomorqadan foydalanmayotgan oilalar bu haqda ogohlantirilib, ta’sir choralari qo‘llanilishi tushuntirildi.
Albatta, bugun tomorqaga bo‘lgan qarashlarimizni tubdan o‘zgartirish vaqti keldi. Chunki xalqimizning rizqu nasibasi mana shu zamin tuprog‘iga sochilgan. Ota-bobolarimizning «Er — xazina, kaliti — mehnat» degan naqli ham bekorga aytilmagan. Tajribali tomorqachilarimiz buni o‘z faoliyati davomida isbotlab kelishmoqda.
— Tomorqamizdagi uch sotix issiqxonada har yili ikki marotaba pomidor etishtiramiz, — deydi Koson tumanilik To‘ychi Alimov. — Mahsulotni birinchi safar mart-aprel oylarida bozorga olib chiqsak, keyingi hosilni noyabr-dekabr oylarida yig‘ib olamiz. Barcha xarajatlarni chiqarib tashlaganda ham faqat issiqxonaning o‘zidan yiliga kamida 15 million so‘m daromad olamiz. Umumiy hisobda 8 sotix tomorqadan oladigan yillik daromadimiz 25 million so‘mdan oshadi.
Endi tasavvur qiling, bir oilaning ikki a’zosi maoshi o‘rtacha bo‘lgan ishda yil davomida mehnat qilsa, 25 million so‘m daromad oladi. Shuncha pulni 8 sotix tomorqadan ham topish mumkin. Bu aholini ish bilan ta’minlash, oilalarning real daromadlarini oshirishda juda katta imkoniyat aslida. Olti yoki sakkiz sotix tomorqasi bo‘lgan oilaning kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatda turishi esa achinarli holat.
Raqamlarga e’tibor qarating, ayni paytda viloyatda 605 ming 619 ta xonadon bor. Shundan 443 ming 203 ta xonadonning tomorqa erlari mavjud. Bu erlarning umumiy maydoni esa 49 ming 38 gektarni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchilarni hisoblamaganda, qishloq va mahallalarda yashovchi aksariyat xonadonlar tomorqa erlariga ega. Agar mana shu erlardan barcha birdek unumli foydalansa, bir tomondan ushbu xonadonlarning daromadi oshib, farovonligi ta’minlanadi, ayni paytda yurtimizda oziq-ovqat mahsulotlari serob bo‘ladi, pirovardida esa mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksaladi.
Hukumatimiz tomonidan aholining tomorqa madaniyatini oshirish, tomorqada mahsulot etishtiruvchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlarning tub mohiyati ham mana shunga qaratilan.
Jumladan, ayni vaqtda viloyatimizda ham tomorqalardan foydalanish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi va shtabi tashkil etilib, aholi orasida bu boradagi imtiyoz va ta’sir choralari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birgalikda, tomorqa erlari hisobidan kam ta’minlangan oilalarning daromadini oshirishga ham e’tibor qaratilgan. Jumladan, shu paytga qadar viloyatda 1 ming 624 ta kam ta’minlangan oilaga mahalliy byudjet hamda homiylar mablag‘i evaziga turli xil mevali daraxt ko‘chatlari, sabzavot va poliz ekinlari urug‘lari olib berildi.
Jahongir BOYMURODOV
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |