O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonasi tomonidan tashkil etigan bugungi qabul davomida besh yuzga yaqin fuqaro shikoyatlarini tegishli organ rahbarlariga ma’lum qildi. Ushbu murojaatlar qanday hal etiladi? Bu e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Xalq bilan muloqotning muhim vositasiga aylangan Prezident xalq qabulxonasi nafaqat aholidan kelayotgan shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish, ularda ko‘tarilayotgan muammoli masalalarni tegishli organlar bilan hamkorlikda hal etish, balki joylarda ommaviy qabullar tashkil etishni yo‘lga qo‘ygan.
Bunday qabullarda Prezident davlat maslahatchisi hamda aholi uchrashishi zarur bo‘lgan tuzilmalar rahbarlarining shaxsiy qabullari tashkil etilmoqda. Mazkur ommaviy qabullar hamda uyma-uy yurishda davomida o‘tgan davr ichida bir milliondan ortiq fuqarolar muammolari tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonasi tomonidan Toshkent shahrida tashkil etilgan navbatdagi ommaviy qabulda Prezident davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari U.Muhammadiev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov, Bosh prokuror O.Murodov, Adliya vaziri R.Davletov, Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov, Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Musaev, Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jaev va boshqa mutasaddilar fuqarolarni shaxsan qabul qildi.
Mazkur tadbirning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov fuqarolar murojaatlari – xalqning dardu tashvishi ekani va birinchi galda hal etilishi shart bo‘lgan masalaga ekaniga e’tibor qaratdi. Bu Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan qo‘yilayotgan talablardan eng muhimidir.
- Odamlar ko‘p hollarda idorama-idora yurib, o‘zlarini qiynayotgan masalalarni hal qilolmay ovora bo‘lmoqda, - deydi T.Xudaybergenov. - Shuning uchun barcha eng zarur tizimlarning rahbarlarni xalq huzuriga olib keldik. Bu imkoniyatdan unumli foydalaning.
Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyida qabul uchun ajratilgan maxsus xonalarda rahbarlarning bevosita qabuli kun bo‘yi davom etdi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning fuqarolarni qabul qilish jarayonini kuzatarkanmiz, sohada ishlab, turli sabablar bilan bo‘shagan sobiq xodimlarning ishga tiklashni so‘rab qilgan murojaatlari ko‘pchilikni tashkil etganiga guvoh bo‘ldik.
Vazir har bir murojaatchini sinchkovlik bilan eshitish barobarida ichki ishlar organlarida kasbiga sadoqatli, fidoyi kadrlar xizmat qilishi zarurligiga urg‘u berib o‘tdi.
Adliya vaziri qabuliga kelgan o‘nlab kishilar o‘z murojaatlarida uy-joy, ish bilan ta’minlash, egalik huquqi, pensiya kabi masalalar bo‘yicha muammolarini hal qilishda amaliy yordam so‘radi.
Notarusning mas’uliyatsizligi, egalik huquqini ololmaslik, ishga kirishda amaliy yordam so‘ralgan masalalarni Adliya vaziri R.Davletov joyida hal etishga, odamlarga amaliy yordam berish uchun tegishli xodimlarga shu erning o‘zida zarur topshiriqlar berdi.
Hujjatlardagi bitta harf mos kelmasligi oqibatida necha oylardan beri sarson yurgan Nasiba Zohidovaning ishi hal bo‘ldi, hisob.
Xonadonini o‘z do‘stiga sotish huquqi asosida ishonchnoma orqali foydlanishga bergan, oqibatda uyidan ayrilgan fuqaroning dardini eshitib, vazir o‘ylanib qoldi. Ko‘r-ko‘rona o‘z huquqini o‘zgaga topshirgan, o‘zini o‘z huquqidan mahrum qilib nadomat chekayotgan kishining holi, albatta, juda achinarli. U qanchalik afsuslanmasin, yuqori idora rahbarlariga shikoyat qilmasin, bari befoyda. Chunki yo‘qotilgan huquqni endi tiklash imkonsiz. Shu kabi buxorolik bir ayolning vafot etgan o‘g‘lidan qolgan nabiralarini 14 yilki ko‘ra olmayotganidan yozg‘irib ko‘z yosh to‘kishi ham huquq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydi. Axir huquqlar o‘z vaqtida kerakli idoraga borib talab qilingandagina u sizning manfaatingizga moslashadi. Lekin ayrimlar hamon kattaroq rahbarning oldiga borib “Adolat yo‘q, qani haqiqat?” deb deb to‘polon ko‘tarib ishimni hal qilaman, deb o‘ylab qattiq adashmoqda.
- Qabul davomida fuqarolarning huquqiy ongi masalasida hali muammolar borligini yana bir karra his qildim, - deydi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov. – Avvallari huquqiy madaniyatga yuksaltirishga qaratilgan ko‘p ish qilingan. Ammo huquqiy ong masalasi bilan hech kimning ishi bo‘lmagan. Bugun ayrim odamlar qaysi idora qanday ish bilan shug‘ullanishini bilmasdan eshikma-eshik, idorama-idora sarson bo‘layotgani o‘sha besamar ishlar mahsuli, desak xato bo‘lmaydi. Bugun ham o‘nlab kishilarni “sizning ko‘tarib kelgan masalangiz sudga taalluqli”, deb ularni sud qabuliga yo‘naltirdik. Ayrim kishilar esa “Yo‘q mening ishimni siz hal qilib berishingiz kerak”, deb turib olayotgani esa hech aqlga sig‘maydi. Meni quvontirgani, qabulga kelgan ayrim fuqarolar adliya tizimi faoliyati bilan bog‘liq kamchiliklarni ro‘y-rost aytib, sohani yanada yaxshilash uchun o‘z takliflarini bildirgani bo‘ldi. Biz bularni albatta inobatga olamiz. Xalqqa maksimal qulaylik yaratish uchun adliya tizimi xodimlariga eng qattiq choralarni ko‘rish zarur bo‘lsa, albatta ko‘ramiz.
Bosh prokuror qabuliga kirgan uyi olib qo‘yilgan, eridan mahrum bo‘lib qolgan, korxonasidan ayrilgan, biznesidan judo bo‘lgan o‘nlab kishilar huquqlarini tiklashda amaliy yordam so‘radi. Bularning bari, albatta, alohida o‘rganish talab qiladigan, tekshiruv o‘tkazilishi shart bo‘lgan masalalar hisoblanadi. Shuning uchun barchasi nazoratga olinib, tegishli mas’ul shaxslarga qonuniy hal qilish uchun topshirildi.
“Bugungi qabulda odamlar asosan qanday shikoyatlar bilan kelgan, ular ko‘proq nimadan norozi?”, degan savolimizga Bosh prokuror: “Bugungi qabulga shikoyat ko‘tarib kelgan fuqarolarning 90 foizi suddan norozi”, deb javob berdi. “Shikoyatchilarning hammasi ham haqmikin?”, degan savolimizga esa, u “Albatta, hammasi haq, deya olmaymiz”, deb javob berdi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev qabuliga kirgan S.Niyozova 2018 yil 5 yanvarda uyi buzilgani, shundan beri bola-chaqasi bilan har erda sarson bo‘lib yashayotganini ma’lum qildi.
Holbuki, Qo‘shqo‘rg‘on ko‘chasida istiqomat qilgan bu ayolga uyini buzishdan oldin shahar markazidan 2 ta uy berilishi va’da qilingan.
J.Ortiqxo‘jaev bu borada kim mas’ul bo‘lgani, nega va’da bajarilmagani bilan qiziqdi. Mulozimlar har xil bahonalarni keltirdi. Hokim esa bu masala bugun hal etilishi kerakligini aytdi. Oilasi katta bo‘lgan, oilali ikki o‘g‘li bo‘lgan bu ayolga hozircha 2 xonali uy berilishi, sal keyinroq qurilayotgan uylardan 3 xonalisi berilishi ma’lum qilindi.
Qabullarda besh yuzdan ziyod fuqaro shikoyatlarini tegishli organ rahbarlariga ma’lum qildi. Ushbu murojaatlar qanday hal etiladi? Bu e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |