2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Samarqand katta o‘zgarishlarga yuz tutmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqandga tashrifini har galgidek Hazrati Xizr majmuasini ziyorat qilishdan boshladi. 

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi. O‘tganlar xotirasiga Qur’on tilovat qilindi.

Imom Buxoriy majmuasi ziyorati chog‘ida qadamjoni yanada obod qilish, Imom Buxoriy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi qurilishi, uning ilmiy nazariy asoslarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari viloyatning Oqdaryo, Ishtixon va Pastdarg‘om tumanlarida bo‘lib, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishib, xalq bilan muloqot qildi.

Tashrifining ikkinchi kunida Prezident Shavkat Mirziyoev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi.

Tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, harbiylarga yaratilayotgan sharoitlar haqida axborot berildi. Qo‘shinlarning qurol-aslaha va aloqa vositalari ta’minlanishi, harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligiga e’tibor qaratildi. 

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni vaziyatni doimiy tahlil qilish, xatarlarning oldini oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk sarkardalarimiz harbiy mahoratini o‘rganish, o‘quv-taktik metodikani rivojlantirish, harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish zarurligini ta’kidladi. 

Shavkat Mirziyoev zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘larni ko‘zdan kechirdi. Taklif etilayotgan harbiy kiyimlar bilan tanishdi. 

Harbiy liboslar milliyligimizni aks ettiradigan, tarixda qoladigan bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu masalani har tomonlama o‘ylash, loyihalarni xalq muhokamasiga qo‘yish zarur, dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoevning Samarqand viloyatiga tashrifi nihoyasiga etdi.
 

18.03.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar