2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Kun tartibida uzoq ovul muammosi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi o`rinbosari A.Usmonovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Zarafshon shahrida o`tkazildi.

Sayyor qabulda A.Usmonov bilan birga viloyat prokurori Sh.Aminov, viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig`i A.Bozorov, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Sayyor qabulda Uchquduq tumani va Zarafshon shahrida istiqomat qiladigan 110 nafar fuqarolarning murojaati qayd etildi. “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilga amal qilinib, yig`ilib qolgan muammolarga joyida echim topish, fuqarolarning roziligiga erishish birinchi masala sifatida kun tartibiga qo`yildi. Aholini tashvishlantirayotgan muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas`ul shaxslar biriktirildi. Murojaatlarning aksariyatini bandlik, yo`l, tibbiy xizmat ko`rsatish hamda pasport tizimi bilan bog`liq masalalar tashkil etdi.

- 1987 yili Qozog`iston Respublikasiga ko`chib ketgandim, - deydi uchquduqlik Urnisha Siddikova. – 1995 yilda esa doimiy yashash uchun O`zbekistonga qaytdim. Ayni paytda O`zbekiston fuqarosi emasman. Men tug`ilgan mamlakat fuqaroligiga qabul qilinishimda amaliy yordam so`radim. Mas`ullarga rahmat! Ular menga huquqiy maslahat berib, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishga va`da berishdi. Uzoq ovoragarchilikdan so`ng ishning bunchalik oson hal etilishi davlatning oltin fondi hisoblangan insonga bo`lgan e`tiborning oliy namunasi deb o`ylayman.

Sayyor qabulda mas`ullarga topshirilgan masalalarning ijrosi yaqin kunlarda muhokama etilishi belgilandi.

Shuningdek, qabul chog`ida Uchquduq tumani va Zarafshon shahrida jinoyatchilikning oldini olishda faollik ko`rsatgan 4 ta mahalla va ovul fuqarolar yig`inlari raislariga kitoblar sovg`a qilindi. Butun mamlakat bo`ylab keng qanot yoygan “kitob chellenj” tadbiri insonlarni ma`naviyatga oshno etishning samarali usulidir.

Tomdi tumani “Aqtau” ovul fuqarolar yig`inida o`tkazilgan ommaviy sayyor qabulda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o`rinbosari A.A,Usmonov, Navoiy viloyat Xalq qabulxonasi rahbari F.B.Quvandiqov, Navoiy viloyat prokurori Sh.A.Aminov, Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig`i, 4-sektor rahbari A.A.Bozorov, viloyat va tuman korxona, tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Ovulda yashovchi fuqarolar ishtirok etgan qabulda aholi tomonidan 26 ta murojaatlar tushdi. Ushbu muammolar belgilangan tartibda ijro uchun qabul qilinib, nazoratga olindi.

“Aqtau” ovul fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro Bayshinov Beysinbay yolg`iz yashashi, qarovchisi yo`qligi sababli, yashab turgan uy-joyi kadastr qilinmaganligi, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun to`lov imkoniyati yo`qligini bildirdi. Xalqimizga xos bo`lgan insonparvarlik, el dardiga malham bo`lish shu joyda namoyon bo`ldi. Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig`i A.Bozorov mazkur muammoni shaxsan o`zi zimmasiga olib, qisqa muddatda xonadonning kadastr hujjatlarini murojaat egasiga topshirishga va`da berdi. Tuman kadastr bo`limiga zarur hujjatlarni rasmiylashtirish topshirildi. B.Bayshinov quvonchlarini tashakkur orqali izhor etib, oddiy insonga e`tibordan mamnunligini bildirdi.

Xuddi shuningdek “Aktau” ovul fuqarolar yig`ini hududida yashovchi fuqaro Mirzaqulova GulsunATB “Agrobank” Tomdi tumanfilialidan iste`mol krediti olganligi, lekin texnik xatolik tufayli kredit grafigi noto`g`riligi natijasida to`langan summani takror to`lash talab qilinayotganligidan norozi bo`lib, qilgan murojaati belgilangan tartibda ko`rib chiqildi. Kreditto`lovlari o`z vaqtida to`langanligi, grafik noto`g`ri talqin qilinganligi aniqlanib, muammo joyida hal etildi. Ba`zi mutasaddilarning e`tiborsizligi fuqarolarning qimmatli vaqtlari behuda sarf etilishi va haqli e`tirozlar kelib chiqishiga sabab bo`layotgani ko`rsatib o`tildi. Bu borada qat`iy tartib, temir intizomga rioya etish uqtirildi. Boshqa murojaatlar yuzasidan yo`l xaritalari ishlab chiqilib, ijrosi ta`minlanishi belgilab olindi.

29.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar