Mamlakatimizda sud-huquq sohasini yanada isloh qilish borasidagi ishlar natijasida odil sudlovga boʻlgan ishonch ortayotir. Sudyalar ham eng chekka hududlarga borib, aholi bilan samimiy muloqotda boʻlmoqda, ularning murojaatlarini tinglamoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi hamda Oliy sud sudyalari tomonidan Fargʻona tumanida “Mindonobod” mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabul oʻtkazildi.
Boʻlib oʻtgan uchrashuv va sayyor qabulda Sudyalar oliy kengashining sudyalari M.Ahmedov, S.Soliyev, Oliy sud sudyalari A.Oʻtayev, Z.Qurbonovalar mamlakatimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlam islohotlar, sud tizimida tamaʼgirlik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida belgilangan chora-tadbirlar, sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va tavsiya etish tartibi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida maʼruzalar qildi.
Shuningdek sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, koʻtarilgan masalalarning qonuniy hal qilish choralari belgilandi.
Bundan tashqari, shu kuni jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona tuman sudining raisi F.Abduraimov tomonidan sudlar tomonidan sudlanib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni oʻtayotgan 24 nafar fuqaroga oid materiallar sayyor sud majlisida koʻrib chiqilib, ushbu fuqarolarning barchasi tayinlangan jazolarni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
– Jinoyat ishlari boʻyicha Soʻx tuman sudining 2016 yil 16 noyabrdagi hukmi bilan 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan edim, – deydi ishi sayyor sud majlisida koʻrib chiqilgan A.Bahorov. – Bugungi sayyor sud majlisida oʻtalmay qolgan 1 yil 3 oy 22 kun axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindim.
M.Sulaymonov, M. Qodirov (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |