Shu kunlarda joylarda to‘rtta sektor rahbarlari, MIB, sud, va soliq idoralari rahbarlarining fuqarolar murojaatlarini qoniqtirish yuzasidan sayyor qabullari bo‘lib o‘tmoqda. Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi vakillari hamda viloyatdagi mavjud sud raislarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Murojaat qiluvchilardan biri Buloqboshi tumanining Shirmonbuloq qishlog‘ida yashovchi Azizbek Bektoshev oliy ma’lumotli. 2012 yildan 2016 yilga qadar bojxona sohasida faoliyat yuritgan. So‘nggi ikki yillik xizmat faoliyatini Namangan viloyati bojxona tizimida o‘tagan.
— Hech bir sababsiz ishdan bo‘shatilganman, — deydi Azizbek Bektoshev. — Ish topilar ekan, ammo adolatsizlik kishini engib qo‘yar ekan. Menga nisbatan qo‘llanilgan nohaqlikka echim izlab keldim.
Xo‘jaobod tumanining Orday qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Hurmatoy Nasirdinovaning yolg‘iz o‘g‘li avtomashina hodisasida halok bo‘lgan.
— Ushbu voqea bilan bog‘liq harakatlar Farg‘ona viloyatining jinoyat ishlari bo‘yicha Vodil tuman sudida ko‘rib chiqildi. Biroq jabrlanuvchi sifatida oilamizdan hech kim taklif etilmadi. Mutasaddilarga uchrashsam, menga qo‘pol muomalada bo‘lishdi va mensiz ham sud muhokama qilishi mumkinligini aytishdi. Dodimni eshitadigan hech kim yo‘q. O‘g‘limni qaytarib bo‘lmaydi. Mashina haydovchisini ham ayblamayman. U ham halokat sodir etay, deb yo‘lga chiqmaydi, axir. Biroq sud mahkamasi xodimlarining hurmatsizlarcha munosabatiga barham berish kerak. Meni adolatsizlik qiynayapti.
Shu kuni 50 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi va ularning aksariyati o‘z o‘rnida qanoatlantirildi. Murojaatlar tahlili natijasida sud idoralari xodimlari o‘rtasida kasbiy tarbiyaviy ishlarni shakllantirish, fuqarolar murojaatlariga bo‘lgan mas’uliyat hissini oshirish, sohada korruptsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar mavjudligi oydinlashdi.
Sud raislarining joylardagi sayyor qabullari davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |