2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan joylarda vazirlik va idoralar rahbarlari qabuli tashkil etilmoqda

2019-yil 2-3-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyati Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi.

Bosh prokuror O.Murodov boshchiligida o‘tgan ikki kunlik sayyor qabul davomida jami mingdan ziyod fuqaro qabul qilindi. Ularning 695 nafari ariza bilan murojaat qildi. Kelib tushgan murojaatlarning 78 tasi joyida hal etildi, qolgan 617 murojaat alohida nazoratga olindi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish asnosida 26 kishi ishga joylashtirildi. 20 fuqaroga davolanish uchun yo‘llanma berildi. Uch fuqaroning uy-joy masalasiga oid arizasi qanoatlantirildi. Bir kishiga er ajratildi, 11 tadbirkorga jami 1 milliard so‘mlikdan ziyod kredit ajratildi. Bir tadbirkorning faoliyatidagi muammosi ijobiy hal etildi.

Murojaatlarning 186 tasi sud qarorlari, 86 tasi surishtiruv va tergov masalalari, 390 tasi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid bo‘ldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilovning Buxoro viloyatida o‘tkazgan sayyor qabulida 156 nafar fuqaro qabul qilindi. Murojaatlarning asosiy qismini fuqarolik ishlariga doir, ya’ni uy-joy, meros, mulkka egalik qilish masalalari tashkil etdi.

Qabul natijalari bo‘yicha 90 ga yaqin fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. Ayrim arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. Jami 30 murojaat qanoatlantirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha berilgan 26 ariza chaqirtirilib, sudlov hay’atida ko‘rish uchun tayinlandi. Xuddi shunday bir necha fuqarolik, ma’muriy ishlar chaqirtirilib, sudlov hay’atlarida ko‘riladigan bo‘ldi.

Qabul davomida uch nafar mahkumning oila a’zolari ariza bilan murojaat qilib, farzandiga nisbatan tayinlangan jazoni engilroq jazo turiga o‘zgartirib berishni so‘radi. Kelib tushgan taqdimnomalar asosida jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tumani sudi tomonidan shu kunning o‘zida ko‘rib chiqildi. Mahkumlarga nisbatan engilroq jazo turi tayinlandi. Yana ikki murojaat jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudida ko‘rilib, o‘talayotgan jazo turi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga almashtirildi. 

Sayyor qabul davomida ajralish arafasida turgan besh oila yarashtirildi.

Bu kabi qabullar fuqarolarning adolat izlab idorama-idora yurishi yoki poytaxtga ovora bo‘lib kelib-ketishining oldini olib, muammoni joyida hal qilish imkonini bermoqda. Eng muhimi, Respublika darajasidagi rahbarlarning xalq huzuriga borayotgani quyi tizimlardan hal bo‘lmayotgan masalalarning hal qilinishiga yordam bermoqda.

Bu kabi tadbirlar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham davom etadi.

N.Abduraimova, O‘zA

04.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar