Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Marat Ishbekov, viloyat sektor rahbarlari, viloyat va tuman Xalq qabulxonasi mudirlari, mas’ul tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida Do‘stlik tumani aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda viloyat rahbariga aholi o‘rtasida to‘planib qolgan 159 ta masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Masalan, Do‘stlik shahri “G‘.G‘ulom” mahallasida yashovchi Akrom Almanov shahar hududidagi drenajlarning ishlamasligi yillar davomida xalqni qiynab kelayotganini, yerlarning sho‘rlanishi va zahlanishi borasida shikoyat qilib kelgan edi. Ushbu murojaat bo‘yicha “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida pul mablag‘lari ajratilib, shahardagi barcha mahallalardagi drenajlarni ishga tushirish borasida ham tegishli ishlar olib borilishi belgilanib, masalaga yechim topildi.
Shuningdek, uchrashuvda tumanning “Bunyodkor” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Ahmadjon Yo‘ldoshev nogironligi tufayli aravachaga muhtojligi bo‘yicha uzoq vaqt davomida ko‘plab idoralarga murojaat qilganligi, ammo hyech kim yordam bera olmaganligi haqida murojjat qildi. A.Yo‘ldoshevga o‘sha yerning o‘zidayoq aravacha taqdim etildi.
Uchrashuvda murojaatlarning asosiy qismi “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida aholining turar-joylari buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, yer maydoni ajratish, yashash uchun shart-sharoitlar yaratish kabi muammoli holatlarni bartaraf etishga qaratildi.
Ommaviy qabulda fuqarolik pasportini olish, yo‘l va inshootlar qurilishi, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik faoliyati rivojlantirish, bank kredit mablag‘lari ajratish, elektr energiyasi ta'minoti, aholini ish bilan ta'minlash, pensiya hamda nafaqa masalasi bilan bog‘liq savollar 1-sektor rahbarining diqqat markazida bo‘ldi.
Uchrashuvda ko‘tarilgan muammo va bildirilgan takliflarning har biri bo‘yicha alohida ro‘yxat yuritildi. Ular bo‘yicha mas'ullar biriktirilib, mutasaddilarga qat'iy bajarish muddatlari belgilandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |