2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul –xalqqa maʼqul

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddat ichida xalq manfaatiga xizmat qiladigan ulkan bunyodkorlik islohotlarini amalga oshirdi. Islohotlar bilan birgalikda aholining dunyoqarashi, turmush tarzi oʻzgara boshladi.Sayyor va ommaviy qabullar orqali barcha turdagi rahbarlar xalq bilan yanada yaqinlashib, mavjud muammolarning aniq tahlili vujudga keldi.

2019 yilning 9 aprel kuni Sariosiyo tumani aholisi bilan navbatdagi“Sayyor qabul” oʻtkazildi. Qabulda Oʻzbekiston RespublikasiPrezidentimaslahatchisi oʻrinbosari Alisher Usmanov , Prezident Adminstratsiyasi yetakchi inspektori Shokir Atadjanov, Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Abduhakim Eshmurodov, Sariosiyo tumanining 4 ta sektor rahbari, Surxondaryo viloyatidagi tashkilot va korxona rahbarlari kunning birinchi yarmida Shargʻun shahridagi“Feruz” mahallasiga va kunning ikkinchi yarmida togʻli Sangardak mahallasiga tashrif buyurishdi.

Qabul jarayonida koʻplab fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi. Ancha yillardan buyon nogiron farzandi bilan ijarama-ijara yurgan Xalqobod mahallasida yashovchi fuqaro Shomirzayeva Oʻgʻiloyga va 4 nafar bolasi bilan birovlarning uyida kun kechirib, 2 nafar nogiron farzandlarini qiynalib boqayotgan Billur mahallasida yashovchi fuqaro Avazova Zarinaga tumanning Maʼdankon mahallasida boʻsh turgan koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan ajratib berildi va uylar fuqarolarning nomiga tuman hokimi tomonidan rasmiylashtirildi.

Maʼdankon mahallasida yashovchi fuqaro,2-guruh nogironi Begmatova Shohsanam 2 nafar farzandi bilan uysiz ogʻir vaziyatda yashayotganligini inobatga olib, uni 2019 yilda uy-joyga muhtoj nogironligi boʻlgan fuqarolarga beriladigan uy-joy oluvchi fuqarolar roʻyxatiga kiritildi.

Tumanning Mirzo Ulugʻbek mahallasida yashovchi fuqaro Rahmatova Qulpinoyning va Doʻstlik mahallasi fuqarosi Rahmonova Zuhraning yashab turgan uylarini taʼmirlab berish toʻgʻrisidagi murojaati yuzasidan 1-4-sektor shtabi tomonidan taʼmirlab berilish masʼuliyati olindi.

Sangardak mahallasida yashovchi fuqaro Abdunazar Suyundikov imtiyozli kredit olish uchun anchadan beri harakat qilib yurgandi. Qabuldagi murojaatidan soʻng unga tuman Agrobank tomonidan 30 million soʻm kredit hujjati rasmiylashtirishi uchun 1-sektor tomonidan tavsifnoma berildi.

Shuningdek, Sangardak mahallasida yashovchi fuqarolar 2-guruh nogironi Durbek Jalolovning , kam taʼminlangan fuqaro Zamira Annayevaning moddiy yordam soʻrab qilgan murojaati joyida qanoatlantirilib,4-sektor tomonidan murojaatchilarga bir qopdan un, 5 kilodan oʻsimlik moyi berildi. Sayyor qabul davomida 54 nafar fuqaroga Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan sayyor davlat xizmati koʻrsatildi, 33 nafar fuqarolarning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlariga nisbatan mulk huquqini olishlari uchun arizalari olindi, 3 nafar fuqaroning jamgʻarib boriladiganpensiya tizimida ixtiyoriy tartibda hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi arizasi, 6 nafar fuqaroning farzandini MTMga qabuli boʻyicha arizasi, 3 nafar fuqaroning jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo kalitini olish boʻyicha arizasi , 5 nafar fuqaroning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha arizasi hamda 4 nafar jismoniy shaxslar uchun INN(STIR) maʼlumotnoma olish boʻyicha murojaatlari shu yerning oʻzida ijobiy hal etildi.

Sariosiyo tumanida boʻlib oʻtgan qabulda 375 nafar fuqarolardan jami 537 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shundan 258 tasi joyida qanoatlantirilib, 47,5%samaradorlikka erishildi. Qolgan murojaatlarning barchasi nazoratga olinib, xalq manfaatiga xizmat qiladigan natijaga erishiladi.

10.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar