Aholi bilan bevosita va ochiq muloqot qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tomonidan joylarda vazirlik va idoralar, sektorlar rahbarlarining sayyor qabullari yoʻlga qoʻyildi.
Xususan, kuni kecha aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar koʻrish maqsadida Namangan viloyatida tashkil etilgan sayyor qabulda sektor rahbarlari, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda boshqa mutasaddilar qatnashdilar.
Viloyatning barcha tumanlaridan kelgan fuqarolar vakillari bilan yuzma-yuz muloqot asosidagi qabul davomida uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyati, sogʻliqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xoʻjaligi va boshqa masalalarga oid 311 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 161 tasi joyida ijobiy hal etildi. 10 ta murojaat boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 140 tasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻrganib, chora koʻrish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Jumladan, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan 6 ta imtiyozli davolanish uchun order, 4 ta nogironlik aravachasi, 5 ta sihatgohlarga yoʻllanma va yana eshitish moslamasi, ortopedik vositalar berildi.
Bundan tashqari, davlat xizmatlari markazi tomonidan 166 ta, jumladan 45 nafar fuqaroga STIR berildi. Vazirlar Mahkamasining 461-sonli qarori boʻyicha 96 ta, maktabgacha taʼlim muassasasiga navbatga qoʻyish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilib, 25 ta ariza qabul qilindi.
Bu kabi qabullar fuqarolarning adolat izlab idorama-idora yurishi yoki poytaxtga ovora boʻlib kelib-ketishining oldini olib, muammoni joyida hal qilish imkonini bermoqda. Eng muhimi, Respublika darajasidagi rahbarlarning xalq huzuriga borayotgani quyi tizimlardan hal boʻlmayotgan masalalarning hal qilinishiga yordam bermoqda.
Bu kabi tadbirlar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham davom etadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |