2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Markaziy bank rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabul va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Respublika Markaziy banki rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlar hamda aholi bilan ochiq muloqot va sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, mazkur tizimga aholi ishonchini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugungi kunda Respublikamizning barcha hududlarida o‘z faoliyatlarini ko‘rsatayotgan tijorat banklari tomonidan mijozlarga taklif qilinayotgan bank xizmatlari hamda mahsulot turlari tobora kengayib bormoqda. Shu bilan birgalikda, belgilangan chora-tadbirlar asosida hududlarda aholi hamda bank mijozlarining moliyaviy savodxonligini oshirish, bank xizmatlari iste'molchilarini sifatli va tezkor bank xizmatlari bilan ta'minlashga, muammolarni bartaraf etishga qaratilgan sayyor qabullar muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning 11 aprel kuni Respublika Markaziy banki raisi o‘rinbosari B.Abubakirov tomonidan Jizzax viloyati Paxtakor tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning asosan tadbirkorlik faoliyatini, jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli mablag‘lar olishda duch kelayotgan ayrim muammolar, to‘siqlar hamda ularni qiynayotgan savollar bilan murojaat etdilar.

— Markaziy bankning Jizzax viloyat Bosh boshqarmasi viloyatdagi tijorat banklari bilan birgalikda “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” , degan g‘oyani faoliyatimizning asosiy mezoni sifatida ro‘yobga chiqishini hamda aholiga bank xizmat turlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yanada ko‘proq yetkazish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, — deydi Markaziy bank Jizzax viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Olimjon Ergashev. — Tijorat banklari tomonidan 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida Davlat dasturlari asosida mijozlarning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sohalarini yo‘lga qo‘yish maqsadlarida jami 812 nafar jismoniy va yuridik shaxslar uchun 24,9 mlrd. so‘mlik imtiyozli mablag‘lar ajratib berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida” gi 3777-sonli qaroriga asosan 2019 yilning 1-choragi davomida 619 nafar jismoniy va yuridik shaxslar uchun 17,9 mlrd. so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar kelajagimiz davlat dasturi to‘g‘risida”gi 5466-sonli Farmoni asosida 17 nafar yosh tadbirkorlarga 2,9 mlrd. so‘mlik mablag‘lar ajratilgan.Ta'kidlash joizki, hanuzgacha chekka hududlarda yashovchi yurtimiz aholisi banklar tomonidan joriy qilinayotgan zamonaviy bank xizmatlari, tez va qulay tarzda ajratilayotgan pul mablag‘lari haqida yetarli ma'lumotlarga ega emas. Shuning uchun ham ular ayrim muammolarga duch kelmoqda. O‘tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar, muloqotlar esa albatta o‘z samarasini beradi. Sayyor qabul davomida ham fuqarolarimiz oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, oliy ta'lim o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan farzandlarining kontrakt to‘lovlari kabi masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi. Ularga kerakli tavsiyalar bilan bir qatorda amaliy yordam ham ko‘rsatildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida Paxtakor tumanida ijtimoiy masalalarning yechimiga mas'ul bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank filiali rahbariyatiga tumandagi mutasaddi tashkilotlar va tijorat banklari filiallari bilan birgalikda bank sohasiga aloqador bo‘lgan masalalarni hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Respublika Markaziy banki rahbariyati tomonidan tadbirkorlar va aholi ishtirokida yuzma-yuz o‘tkazilgan sayyor qabulda qator muammolar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish va vaqt talab qiladigan murojaatlar tegishli bank mutaxassislari tomonidan nazoratga olindi.

14.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar