2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Oltiariqda sayyor qabul. Muammolarning 60 foizdan ortig‘i joyida hal etildi

Farg‘ona viloyati 2-sektor rahbari ishtirokida Oltiariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 100 ga yaqin fuqarolarning murojaati tinglandi va 72 ta yozma murojaatlar qabul qilinib, ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.

Murojaatlar asosan tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi.

Jumladan, qabul jarayonida 11 nafar fuqaroning ishga joylashtirilishi, 17 nafar fuqaroga moddiy yordam berilishi, 10 nafarga yaqin fuqarolarning kommunal xo‘jalik bilan bog‘liq muammolari, 6 nafar voyaga yetmaganlarni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirilishi va 3 nafar fuqaroning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolanishga yotqizilishi borasidagi murojaatlari ijobiy hal etildi.

– Sog‘lig‘imni tiklash uchun sihatgohga yo‘llanma olishda yordam so‘radim. Murojaatim joyida hal etilib, “Oltiariq” sihatgohiga bepul yo‘llanma berildi, – deydi “Qapchug‘ay” MFYda yashovchi G.Ergasheva.

– 160 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan tarmoqni yangilashda yordam berishingizni so‘rayman, – deya murojaat qildi “Mustaqillik” ko‘chasida yashovchi A.Saidqulov.

Fuqaroning murojaati tegishli idoralar vakillari ishtirokida o‘rganilib, chora-tadbirlar belgilandi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

24.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar