Prezidentimizning 2017-yilning 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida Sirdaryo viloyatida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat markazi – Guliston shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash maqsadida ixtisoslashuviga koʻra 4 sektorga boʻlindi.
Shahar prokuraturasi rahbarligidagi 2-sektorda 19 nafar shtab aʼzolari tomonidan joriy yilning 1-choragida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sektorga shahardagi Boʻston, Istiqlol va Ulugʻobod mahalla fuqarolar yigʻinlari biriktirilgan. Hududdagi 4 ming 276 xonadonda 18 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bu hududda 76 koʻp qavatli uy, 1 ming 182 ta xususiy hovli-joy, 3 umumtaʼlim, 5 ta, shulardan 2 tasi xususiy maktabgacha taʼlim muassasalari mavjud.
Aholi turmush sharoitini yaxshilash, ularning daromadini oshirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni shaharning barcha hududlarida bir xilda va oʻz muddatida amalga oshirish, tomorqa yer maydonlaridan yanada samarali foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni eksport qilish hajmini keskin oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yilning oʻtgan davrida sektordagi mavjud 4 ming 276 xonadonlarning barchasiga uyma-uy kirilib mavjud muammolar oʻrganildi. Aniqlangan 254 muammoning 210 tasini joyida hal etdik. Vaqt talab qiladigan va shahar darajasida bartaraf etilishi qiyin boʻlgan masalalar, mutasaddi idoralarga yozma ravishda yetkazilib, ijrosi nazoratga olindi.
Jumladan, Boʻston va Istiqlol mahalla fuqarolar yigʻinlari hududidagi koʻp qavatli uylarning tom qismi mukammal va joriy taʼmirlandi. Ayni paytda Boʻston MFY hududidagi 28 ta koʻp qavatli uylarda joriy taʼmirlash ishlari yaʼni, koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklari, elektr taqsimlovchi qutilari va uylarning fasad qismlarini taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
Hududimizda 182 ta joylashgan hovli-joy koʻchalariga, Istiqlol mahallasidagi 52, 64, 71, 73, 75-koʻp qavatli uylar atrofiga, Boʻston mahallasidagi 10, 11 va 30-koʻp qavatli uylar atrofiga tejamkor tungi yoritgich lampalari oʻrnatildi. Ulugʻobod, Istiqlol va Boʻston mahallalarining belgilangan joylariga, aholi ehtiyojidan kelib chiqib 14 dona chiqindi qutilar oʻrnatildi.
“Doʻstlik” kanalining Boʻston va Istiqlol mahallalari hududidan oqib oʻtuvchi 1,4 kilometr qismining qirgʻoqlari detanirovka qilinib, qirgʻoq boʻyida piyodalar yoʻlagi qurildi va u yerga ham zamonaviy yoritish moslamalari, Istiqlol va Boʻston mahalla hududlarini toʻliq qamrab oluvchi 198 dona kuzatuv kameralari oʻrnatildi.
Hududda aniqlangan 64 ta noqonuniy qurilmalar buzilib, boʻshagan joylar toʻliq obodonlashtirildi.
Bundan tashqari, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish maqsadida Guliston shahar, 2-sektor hududida gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Sektor hududida kam taʼminlangan oilalarga 20 ta koʻp qavatli arzonlashtirilgan uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan edi. 2018 yilda ushbu uylarning 5 tasida qurilishi yakunlangan boʻlsa, joriy yil yana 8 ta koʻp qavatli uy-joylar foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, Istiqlol MFY hududidagi 71 va 73-koʻp qavatli uylar atrofida kichik istirohat bogʻi, bolalar va mini futbol maydonchasini qurish rejalashtirilgan.
Sektorga biriktirilgan guruh aʼzolari tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj fuqarolarga yordam koʻrsatilib, 7 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi berildi.
Aholining tomorqadan samarali foydalanishi yuzasidan sektor aʼzolari tomonidan tomorqasi mavjud boʻlgan 1 ming 153 ta xonadonlarga uyma-uy kirilib, ularga tomorqadan samarali foydalanishi yuzasidan targʻibot ishlari amalga oshirildi. Arzonlashtirilgan narxda 1 ming 240 dona mevali, 60 dona manzarali daraxt koʻchatlari, 2 ming 280 kilogramm turli sabzavot, poliz va koʻkat urugʻlari yetkazib berilib, toʻliq ekilishi taʼminlandi.
17,85 gektar yer maydoni ekin ekishga tayyorlanib, shundan 11,46 gektariga turli-tuman gul, sabzavot, poliz va koʻkat urugʻi ekildi. 5,64 gektar mevali va 0,75 gektar yer maydonlariga manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
Aholi turmush darajasini yuksaltirish, sharoitini yaxshilash va daromadlarini oshirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hududimizda bir xilda va oʻz muddatida tashkil etish doimiy eʼtiborda boʻladi.
OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |