Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Ahilobod va Yangi bogʻ mahallalari hududida qurilgan koʻp qavatli uylardan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironi bor oilalar, Mehribonlik uyi bitiruvchilariga ajratilgan xonadonlar kaliti oʻz egalariga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Muhammadiyev va boshqalar uy egalarini samimiy qutladi.
– Farzandim birinchi guruh nogironi. Yigirma toʻrt yil davomida ijarama-ijara yurib, qiyinchilikda yashadik, – deydi xonadon sohibalaridan biri Nazokat Nazarova. – Uy-joy masalasida tuman hokimiyatiga murojaat qildim. Ular yashash sharoitimni oʻrganib, bizga barcha uy jihozlariga ega boʻlgan bir xonali uyni imtiyozli shart asosida ajratdi. Bu islohotlar ortida turgan Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Koʻp qavatli uyning yertoʻla qismida tikuv sexi, moʻjaz kutubxona va sport jihozlari joylashgan maydoncha ham bor.
– Oʻn yildan buyon tikuvchilik bilan shugʻullanamiz. Faoliyatimizni kengaytirib borayapmiz. – deydi “Himoya kiyim” MCHJ rahbari Ravshan Zokirov. – Bugun bu yerda yangi seximizni ochishdan maqsad shu uyda yashovchi xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash. Seximizda jami 25 ish oʻrni yaratildi.
Xonadon kalitlari va sertifikatlarni qabul qilib olgan uy egalarining quvonchi cheksiz. Kimdir kalitni qoʻliga olgancha raqsga tushsa, kimdir quvonch va shukronalik koʻz yoshlarini sekin artadi. Mana shunday yillar davomida uysizlikdan qiynalgan, bugun quvonchdan tinimsiz koʻz yosh toʻkkan yangi uy egalaridan birining fikrlari bilan qiziqdik.
– Uch farzandim bor, bir oʻgʻlim nogiron, – deydi Sayyora Rahimova. – Oʻn olti yildan buyon uysiz edim, mana bugun uch xonali uyga ega boʻldim. Hamma sharoitlari bor, barchasi uchun minnatdorlik bildiraman.
Inobat Ahatova, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |