Toshkent viloyati Nurafshon shahrida ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhamedovning navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi, mahalliy hokimliklar masʼullari, tuman va shahar ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan sayyor qabulda Nurafshon shahri, Oqqoʻrgʻon va Chinoz tumanlari fuqarolarining ichki ishlar organlari bilan bogʻliq murojaatlari tinglandi.
Sayyor muloqotda mazkur hudud fuqarolarining ichki ishlar organlariga ishga joylashish, ishga qayta tiklash, ushbu yoʻnalishda taʼlim olish, surishtiruv va tergov harakatlari, pasport, fuqarolik va pensiya kabi masalalarga oid 60 dan ortiq murojaati oʻrganilib, aksariyati joyida hal etildi.
– Organ sohasida ishlash orzu-hayoli bilan ulgʻaydim, – deydi oqqoʻrgʻonlik Mavlon Isaboyev. – Oilaviy sharoit sabab oʻqiy olmadim. Lekin tizimda ishlash istagidan bir zum ham chekinmadim. Orzuyimga yetish yoʻlida harbiy xizmatni oʻtab qaytdim. Hozirda mavsumiy ishlar bilan bandman. Sayyor qabulda profilaktika inspektorining yordamchisi lavozimiga ishga joylashtirishlarini soʻrab murojaat qildim. Tanlovimni qoʻllab-quvvatlashganidan juda xursand boʻldim.
Sayyor qabulda shuningdek, fuqarolarning boshqa sohalarga oid murojaatlari ham tinglanib, ularga zarur huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ijrosi maʼlum vaqt talab etadigan murojaatlar boʻyicha tegishli masʼullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.
A.Xudoyqulov, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |