2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul: Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Paxtachi tumanidagi Shamsi Nazarov nomli mahallada sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida aholi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta’minlash, kredit olish va boshqa masalalarda 160 dan ziyod murojaat tushdi.

Masalan, Kattaqo‘rg‘on shahar Jizmonsoy mahallasida yashovchi Qurbonqul Norqulov shahardagi ichki yo‘llar nosoz holga kelganligi, ta’mirlanayotganlari esa sifatsiz bajarilayotganligi yuzasidan murojaat qildi. Viloyat hokimi bu masala bo‘yicha shahar hokimligi hamda yo‘l qurilishi korxonalari rahbarlariga topshiriqlar berdi.

Urgut tumani Katta Torinjak mahallasida yashovchi Ra’no Sultonovaning xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi ochish uchun yer maydoni ajratish masalasidagi murojaatiga shu yerning o‘zida ijobiy yechim topildi.

– Muammolarni hal etishga barchamiz birdek mas’ulmiz, – dedi E.Turdimov. – Bugun hal etmasak, yechimini kutayotgan masalalar kundan-kunga ortib boradi. Shuning uchun har bir rahbar va mutasaddilar aholi tomonidan tushgan murojaatlarga mas’uliyat bilan yondashishi lozim. Shundagina davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan g‘oya amalda o‘z isbotini topadi.

Sayyor qabuldan so‘ng murojaatlarni hal etishga mas’ul etib belgilangan mutasaddilar aholi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.

11.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar