Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov “Qizilqumsement” AJ sog‘lomlashtirish maskanida fuqarolar bilan uchrashdi.
Viloyat Xalq qabulxonasi rahbari F.Quvondiqov, tuman va shahar sektor rahbarlari, viloyat korxona, tashkilot, muassasa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etgan sayor qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.
Aslida ham Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizning turmush farovonligini yaxshilash, odamlarimizning baxtli yashashini ta’minlashdek ezgu maqsadlar mujassam.
Zero, xalq bilan muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish, ijobiy hal etish ustuvor masala sifatida ilgari surilgani xalqimizning davlatdan, jamiyatdan rozi bo‘lib bo‘lishida muhim omil bo‘lmoqda.
Ayni paytda “Inson manfaatlari har narsadan ulug‘”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, degan shiorlar hayotimiz mazmuniga aylanib ulgurdi.
– Inson manfaatlarini himoya qilish uchun rahbarlar xalq bilan muloqot qilishi, fuqarolarning dardu tashvishlari, orzu niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilishi kerakligini davrning o‘zi ta’qozo etmoqda, – deydi viloyat hokimligi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimi Q.Abduazizov. – Ayniqsa, so‘nggi uch yil, barchamizning hayotimizga, xususan mamlakatimiz tarixiga yangi davr nafasini olib kirdi. Bugungi sayyor qabulda ham har bir murojaat atroflicha tahlil etilib, aksariyati joyida hal etildi. Qabul davomida fuqarolardan 48 ta murojaat tushgan bo‘lsa, ularning 14 tasi joyida ijobiy yechim topdi. 9 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi va 25 ta murojaat yuzasidan o‘rganish talab etilganligi sababli ko‘rib chiqish jarayoniga qabul qilindi.
Karmana tumani markazida istiqomat qiladigan Farog‘at Yo‘ldosheva o‘z murojaati orqali farzandi bir necha yillardan buyon ishsizligini bayon etib, uning bandligini ta’minlash maqsadida “Navoiydonmahsulotlari” AJning shahobchasini ochishda amaliy yordam so‘radi. Fuqaroning ushbu murojaati shu kunning o‘zida “Navoiydonmahsulotlari” AJ rahbariyati tomonidan hal etib beriladigan bo‘ldi.
– Men bugungi sayyor qabulda egizagim Zuhra Hamidovaning suyak yemirilishi kasalligiga chalinganligi, buning oqibatida u nogiron hamda yotoqda bo‘lib qolganligini aytib, davolanish masalasida yordam so‘rab murojaat etdim. Shuningdek, o‘zimning ham bir oyog‘imda suyak yemirilishi kasalligi kuzatilayotganligini bildirib o‘tdim, – deydi Xatirchi tumani “Oltinsoy” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladigan fuqaro Fotima Hamidova. – Viloyat hokimi va tadbirkorlar tomonidan bizning davolanishimiz uchun zarur bo‘lgan 38 million so‘m mablag‘ homiylik asosida ajratib beriladigan bo‘ldi. Bundan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi. Muroja-atimiz ijobiy hal etilganidan xursandmiz.
Saxovatpesha xalqmiz. Ayniqsa, bu ezgu amallar muqaddas Ramazon oyida yanada keng quloch yozadi. Sayyor qabulda tadbirkor, “Karmana tomorqa xizmati-2” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Samad Ahmedov kam ta’minlangan oilalarning oilaviy sharoitini yaxshilash maqsadida 30 dona tikuv mashinasi tekinga ajratishini ma’lum qildi. Ayni paytda Xalq qabulxonasiga bu borada murojaat qilgan kam ta’minlangan oilalar ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Shuningdek, saxovatpesha tadbirkor Aziz Suvonov tomonidan sayyor qabulda moliyaviy yordam so‘rab murojaat etgan Karmana tumani “Kumushkon” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan, oilaviy ahvoli og‘ir Jamila Safarovaga bir dona naslli qora mol beg‘araz berildi.
Sayyor qabul doirasida mehnat yarmarkasi, “Har bir oila tadbirkor” dasturi ijrosi yuzasidan tijorat banklari tomonidan bank imtiyozlari xususidagi ko‘rgazmalar namoyishi va imtiyozli kreditlar taklifi fuqa-rolar uchun yanada qulay imkoniyat yaratdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muloqotning bunday betakror tizimi xalqimiz turmush darajasini yuksaltirishga qaratilganligi bilan yanada ahamiyatlidir.
O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |