2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Vazir o‘rinbosarining Jizzaxdagi sayyor qabuliga 14 ta avtobus ajratildi

Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik M.Jo‘raev ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

Jizzax politexnika instituti binosida tashkil etilgan sayyor qabulga 200 nafarga yaqin fuqaro keldi. Ularning turli hududlardan tashrif buyurishlari uchun Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 14 ta avtobus ajratildi. 

 

Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlardan 50 tasi joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek, yechimi vaqt talab etadigan 104 ta masalani hal qilish bo‘yicha muayyan vaqt belgilanib, tegishli idoralar mas’ullariga topshiriqlar berildi. 16 ta masala esa respublika mikyosidagi tashkilotlar e’tiboriga havola etiladigan bo‘ldi.

 

Tadbir doirasida 30 nafar fuqaroga mikroto‘lqinli pech, 3 nafar voyaga yetmaganga bola hamda 10 nafar katta yoshlilarga nogironlik aravachasi topshirildi. 

 

Tadbir yakunida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari rahbarlariga sayyor qabul davomida ko‘tarilgan muammolarni hal qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish, joylarda sayyor qabullar tashkil etish, aholini qiynayotgan muammolarni samarali bartaraf etish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.

 

 

photo5415942022566619806.jpg

 

photo5415942022566619808.jpg

 

photo5416139844465306463.jpg

 

O‘zA

23.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar