Prezidentimiz joriy yilning 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bandligini ta’minlash, ayollarning ijtimoiy muammolarini hal etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratib, bu borada mutasaddilarga vazifalar topshirgan edi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Buxoro shahar xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida shahar neft va gaz sanoati kollejida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda xotin-qizlarning sudlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolari, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar, ishlash istagini bildirgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan xotin-qizlar bilan suhbatlar tashkil etilib,ularga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishga kelishildi. Tadbir doirasida tashkil etilgan yarmarkada tadbirkorlikni boshlash arafasidagi xotin-qizlar pishirish pechlari, tikuv mashinalari, muzqaymoq ishlab chiqaruvchi apparat (freyzer), shirin paxta tayyorlovchi uskuna kabi mini texnologiyalarni imtiyozli kredit hisobidan olish imkoniga ega bo‘ldi.
Tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlar uchun tibbiy maslahatlar tashkil etildi hamda ko‘chma tibbiy brigada yordamida ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shuningdek, ayollarga farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish, moddiy yordam, yo‘qolgan fuqarolik pasportini olish kabi masalalarda tegishli yordam ko‘rsatildi.
O‘zA fotomuxbiri Tohir ISTATOV olgan suratlar
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |