2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tomorqadan samarali foydalanish uchun nima qilish kerak?

Bugun erga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Bir qarich erdan unumli foydalanib yaxshigina daromad qilayotgan, ro‘zg‘orini farovon, dasturxonini to‘kin qilayotgan vatandoshlarimiz faoliyati bunga yaqqol misol.

Tomorqa xazina deb bejiz aytilmagan. Bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish, ayniqsa, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalariga, boshoqli don ekinlaridan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekinlar ekish ahvolini o‘rganish, aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida Respublika ishchi guruhi tashkil qilingan.

Bir qator vazirliklar va mutasaddi tashkilot vakillaridan tashkil topgan ishchi guruhi Qashqadaryoda bo‘lib, dehqon xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida uyma-uy yurib, tomorqalardan unumli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bermoqda. Ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni o‘rganmoqda.

Ishchi guruhi Qarshi tumanida bo‘lib, ertachi ekinlardan bo‘shagan erlarga takroriy ekinlar ekish, ekilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini oziqlantirish uchun mineral o‘g‘itlar hamda zararkunandalarga qarshi kimyoviy preparatlar etkazib berilishi, mahsulotlarni ichki bozor va eksportga chiqarilishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi.

Masalan, Qarshi tumanidagi Tallikuron qishlog‘ilik dehqonlar ko‘kat, bodring, pomidor, bo‘lg‘or qalampiri etishtirish hadisini olgan. Ayniqsa, ushbu qishloqda etishtirilayotgan ziravorlar Qarshi shahridagi dehqon bozorida xaridorgir.

Ishchi guruh a’zolari shu qishloqlik Quvonch Ro‘ziev xonadonida bo‘lib, dehqonchilikdagi tajribalari bilan tanishdi.

– Hukumatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, imtiyozli foizlar asosida kredit olib, 9,5 sotix erda issiqxona tashkil qildik, – deydi Quvonch Ro‘ziev. – Shundan 6 sotixiga jepsi navli bulg‘or qalampiri ekkandik. Bozorga chiqarganimizga mana 20 kundan oshdi. Bundan tashqari 3,5 sotixga ekkan bodringni ham sotyapmiz. Shukrki daromadi yomonmas. Qilingan foydadan qurilishlar qilyapmiz. Nasib etsa, bu yil issiqxonaga isitish tizimini ham o‘rnatishni mo‘ljallayapmiz. Agar bu ishni amalga oshirsak, mahsulotlarimiz dekabr oyining oxirida tayyor bo‘ladi.

Aytish joizki, ushbu qishloqda qaysi bir xonadonga kirmang, mo‘’jazgina tomorqasini gullatib, yashnatib qo‘yibdi. Lekin yutuqlar bilan birga dehqonlarni qiynayotgan kamchiliklar ham bor. Masalan, shu qishloqlik Yuldosh Po‘latov mirishkor dehqonlardan biridir. 8 sotix tomorqasida kartoshka, sholg‘om va har xil ko‘katlar etishtiradi. Shuni ortidan ro‘zg‘or tebratadi. Lekin dehqonni har yili mineral o‘g‘itlar bilan bog‘liq muammo qiynaydi.

– Erta bahorda sholg‘om, kartoshka, ko‘katlar ekamiz, – deydi Yu.Po‘latov. – Masalan sholg‘omning urug‘ini er parnik qilib, fevral oyining boshida erga qadaymiz. Barqaror o‘sib-ulg‘ayish davrida unga azotli o‘g‘itlar juda zarur bo‘ladi. Ammo hech qaerdan topa olmaymiz. Mutasaddilardan so‘rasak, bunday o‘g‘itlar sotilmaydi, deyishdan boshqaga o‘tishmaydi. Hududimizda tashkil qilingan mineral o‘g‘itlar shahobchasi ham kattalar kelganda ochiladi, ketishi bilan yopiladi. Mana hozir sholg‘omlarimiz etildi, lekin bozorda arzon. Agar o‘g‘itini vaqtida berganimda bundan 20-25 kun oldin tayyor bo‘lardi va yaxshigina daromad qilardim.

Ishchi guruhi tomonidan bu muammo joyida o‘rganilib, ijrosini ta’minlash maqsadida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek mahallada yashovchi Parizod Omonova kam ta’minlangan fuqarolardan. 12 sotix dala hovlisi bor. U erga erta bahorda ko‘kat ekilgan. Ammo hozirda qarovsiz yotibdi. O‘g‘li harbiy xizmatga ketganligi bois yordamchisi yo‘q. Ishchi guruh a’zolari xonadon ahvolini o‘rganib, Parizod Omonovaga yordam qo‘lini cho‘zdi. Qishloq xo‘jalik texnikalari chaqirtirilib, dala hovli erlari ag‘darib berildi.

Ishchi guruh a’zolari hududni o‘rganishda davom etmoqda

6afaf896-790f-4264-9013-05c8f06feaac.jpg

1583ae5c-5b49-466c-8e84-d46136e3f864.jpg

 

O‘.BAROTOV, O‘zA    

26.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar