2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Karmanada aholi sektorlar faoliyatidan rozimi?​

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida ”gi qarori aholi muammolari bilan ishlash, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalarda qulay sharoitlarni yaratishda muhim omil bo‘lmoqda.

Xususan, bugungi kunda mazkur qarorning ijrosini ta’minlash yuzasidan Karmana tuman 4-sektorda amalga oshirilayotgan ishlar qoniqarlimi?

Karmana tuman Davlat solik inspektsiyasi boshlig‘i L.Xayrullaev rahbarlik qiladigan 4-sektor hududidagi 13 ta mahallada 8 ming 864 ta xonadon, 44 ming 375 nafar aholi mavjud.

– Sektorda 2019 yilning yanvar-fevral oylarida ishsizlar 238 nafarni tashkil etib, ikki oyda 74 fuqaroning ish bilan ta’minlanishida amaliy yordam ko‘rsatildi, –deydi Karmana tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i L.Xayrullaev. – Shuningdek, 2018 yilda 782 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan bo‘lib, haqiqatda 978 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Barcha yo‘nalishlar qatori aholining turmush sharoitini yaxshilash, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, tomorqa va qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlarni rag‘batlantirish hamda ko‘mak berish, soliq kontseptsiyasi bo‘yicha o‘zgarish va yangiliklarni to‘liq o‘zlashtirib, tadbirkorlarga yordam berib, byudjetga soliq tushumlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratyapmiz.

Hozirda asosiy e’tiborni yomon va o‘rta tomorqalardan xonadon egalari maqsadli va samarali foydalanishi bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borib, amaliy yordam ko‘rsatmoqdamiz.

O‘tgan yili sektorga fuqarolar tomonidan imtiyozli kredit olish uchun 459 ta murojaat kelib tushgan. Natijada 358 ta fuqaroga imtiyozli kredit olishda amaliy ko‘mak berilgan.

“Xo‘ja Xisrav” mahallasida yashovchi Ozodbek Xo‘jaev ham 13,8 million so‘m imtiyozli kredit olib o‘z xonadonida tikuvchilik tsexini ochdi. Joriy yil boshida faoliyatni kengaytirish maqsadida sektor rahbariga murojaat qilib, tijorat banklaridan 30 million so‘m imtiyozli kredit olgan holda “Shukrona kelajagi” oilaviy korxonasini tashkil etdi.

– Bugungi kunda asosan bolalar uchun 11 turdagi trikotaj mahsulotlar tayyorlab, ichki bozorga etkazib bermoqdamiz, –deydi oilaviy korxona ishchisi Tamara Xo‘jaeva. – Tseximizda 11 ta tikuv dastgohi mavjud bo‘lib, mahalladagi ota-onalarning iltimosi va taklifini inobatga olib, 4 nafar uquvli qizni tikuvchilikka bepul o‘rgatmoqdamiz. Kelajakda ular ishni to‘liq o‘rgangach korxonaga ishga qabul qilinadi.

Shuningdek, 4-sektorda jami bo‘lib 21 ta kam ta’minlangan oilalar bo‘lib, shundan o‘tgan yil yil davomida 6 ta xonadonlar ta’mirlab berildi.

Nuriddin RAHIMOV, O‘zA muxbiri

13.06.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar