2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
NAVBATDAGI XALQ BILAN MULOQOT OQDARYODA O‘TKAZILDI

Fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish-bugunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Qolaversa, bu jarayon har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklab, xalq dardi bilan yashash, ularning muammolariga echim izlashiga undaydi.

Oqdaryo tumanidagi pedagogika kolleji binosida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda mazkur hudud hamda unga yondosh tumanlar aholisining turli sohalarga oid 250 ga yaqin muammolari, talab va takliflari eshitildi. Xususan, qabul chog‘ida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilib, har bir murojaat birma-bir muhokama qilindi.

Aksariyat murojaatlarda keltirilgan muammolar o‘z joyida hal etilib, murojaatchining talabi qondirildi. Ma’lum muddat, ya’ni atroflicha o‘rganish taqozo etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar hamda murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarga sayyor tartibda mobil davlat xizmatlari ko‘rsatilib, 11 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joy binosiga egalik huquqi tasdiqlanib, tuman hokimining qarorlari va 4 nafar murojaatchining farzandlariga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar taqdim qilindi. 6 nafar fuqaroning ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi kadastr guvohnomasi topshirildi. Shu bilan bir qatorda qabul chog‘ida hududda mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Oqdaryoliklarga tumandagi 44ta korxonada mavjud 135 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

14.06.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar