Buxoro shahridagi 28-umumtaʼlim maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilayotir. Jumladan, birinchi tashabbus boʻyicha isteʼdodli oʻquvchilar ishtirokida “Yosh ijodkorlar” teatr toʻgaragining tashkil etilgani bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻquvchilar oʻzlari oʻqigan asarlari asosida sahna koʻrinishlari tayyorlamoqda. Eng muhim bu toʻgarak iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirish, ularning oʻz ustida ishlashi, bilim koʻnikmasini yanada oshirishga xizmat qilayotir.
Oʻquvchi yoshlarning jismonan baquvvat, sogʻlom boʻlishi va sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan ikkinchi tashabbus ijrosi boʻyicha ham umumtaʼlim maktabida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Fidoyi murabbiylar Amon Amonov, Muzaffar Boboqulov rahbarligida faoliyat yuritayotgan turli sport toʻgaraklari oʻquvchilar bilan doimo gavjum. Bundan tashqari, musiqa va raqs, rassomchilik toʻgaraklari ham oʻquvchi-yoshlar ixtiyorida.
“Aqlli bilagʻonlar”, “Yosh matematiklar” toʻgaraklarida oʻquvchilar kompyuter texnologiyalari, internetdan samarali foydalanishni oʻrganmoqda. Bunda N. Nasullayeva, I. Bozorova, Z.Umarova, U. Tohirova, G. Ibragimova va boshqa fidoyi ustozlarning alohida oʻrni bor. Yuqori sinf oʻquvchilari uchun tashkil etilgan “Bilimdonlar” klubida kompyuter savodxonligi kengroq oʻrgatiladi. Eʼtiborlisi maktabda uchinchi tashabbus ijrosi doirasida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga ham kompyuter savodxonligi boʻyicha ilk saboqlar berilmoqda.
Ajdodlar ijodini bilish, qoldirgan maʼnaviy merosini oʻrganish barchamiz uchun farzdir. Shu bois maktab kutubxonasi fondini boyitishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
–Maktab kutubxonasi naafaqat dasrliklar balki badiiy kitoblar bilan boyitildi, – deydi umumtaʼlim maktabi direktori Nigora Nasullayeva. – Bu Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan toʻrtinchi tashabbus ijrosini taʼminlash, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, maktabimizda sinflar kesimida haftalik badiiy kitoblar roʻyxati berilib shu asosida kitobxon yoshlar bilan bellashuv, kitobxonlik kechalari oʻtkazilmoqda. Gʻolib kitobxonlar ragʻbatlantirilayotir. Oʻquvchilar uchun turli sayohatlar uyushtirilmoqda. Bunday tadbirlar nafaqat taʼlim jarayonida, balki yozgi taʼtil davrida ham davom etmoqda. Ingliz, rus tili va adabiyot, jismoniy tarbiya, informatika, matematika, rassomchilik ijodkorlar toʻgaraklari taʼtilda ham faoliyatini davom ettirmoqda.
Bu ishlarning zamirida yoshlarni har taraflama yetuk, maʼnaviy salohiyatli etib tarbiyalash, ularni toʻgʻri yoʻlga undash va aniq maqsadlar sari yoʻnaltirish maqsadi mujassam. Zero, yoshlarimiz har taraflama barkamol boʻlsagina yurtimiz ravnaqi yanada yuksalib, gullab yashnaydi.
Dildora GʻAFFOROVA,
Buxoro shahridagi 28-umumtaʼlim maktabi
оna tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |