Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari E.Yuldashev joriy yilning 25-iyun kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda 150 nafar fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ulardan 114 ta murojaatlar qabul qilindi. Kelib tushgan murojaatlarning 29 tasi joyida hal etildi.
Xususan, 16 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 2 nafariga eshitish moslamasi, 5 nafariga qo‘ltiq tayoq, 1 nafariga fuqarolik pasporti olib berilishi, 2 nafariga davolanish uchun sanatoriyaga yo‘llanma berish masalasi hal qilinib, 2 nafariga huquqiy maslahat berildi hamda 1 million 550 ming so‘m pullar undirilishi ta’minlandi.
Qolgan 85 ta murojaatlar alohida nazoratga olindi.
Qabul qilingan murojaatlarning 5 tasi sud qarorlari bo‘yicha (fuqarolik – 1, ma’muriy – 4), 7 tasi surishtiruv va tergov masalalari yuzasidan, 87 ta ijtimoiy-iqtisodiy, sud qarorlari va boshqa organlari qarorlari ijrosi bo‘yicha 4 ta, 3 tasi voyaga yetmaganlar va 7 tasi qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kelib tushdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |