Davlatimiz rahbarining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Qoraqalpog‘istonda tashkil etilishi rejalashtirilgan 179 ta maktabgacha ta'lim muassasalaridan 129 tasi bo‘yicha uch tomonlama bitimlar tuzilgan. Bu haqda bank tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.
51 ta bog‘chani moliyalashtirish maqsadida bankka O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan 120 milliard so‘m, Moliya vazirligi tomonidan esa 13 ta bog‘chani moliyalashtirish uchun 6 milliard 400 million so‘m mablag‘ jalb qilindi.
Ushbu mablag‘lar hisobiga O‘zsanoatqurilishbank tomonidan imtiyozli kredit liniyalari ochilib, qurilish-ta'mirlash ishlari moliyalashtirilmoqda (101 milliard so‘m kredit ajratilgan).
Amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat-xususiy sherikchilik asosida jami 34 ta bog‘cha ishga tushirildi.
2019-yil so‘ngiga qadar yana 30 ta MTM foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan.
– Joriy yilning o‘tgan besh oyida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi doirasida Bankning moliyaviy madadi bilan 199 ta hammom va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi foydalanishga topshirildi, – deydi O‘zsanoatqurilishbankning qurilish departamenti direktori Farxod To‘raev. – Shuningdek, bankimiz ko‘p qavatli turar-joylarning barpo etilishida ham faol qatnashmoqda. Hisobot davrida ushbu maqsadda 41 ta ko‘p qavatli turar-joy qurilishini moliyalashtirish uchun 237 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.
Anjumanda ta'kidlanishicha, Prezidentimizning hududlarga qilgan tashriflarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash doirasida bank tomonidan 37 ta turli ob'ektlarni barpo etilib, xalq xizmatiga topshirilishida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |