Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Bahrombek Adilov tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabulda Chiroqchi, Yakkabogʻ, Kitob, Qamashi, Gʻuzor, Dehqonobod, Shahrisabz shahri va tumanidan kelgan fuqarolar qatnashdi. Aholini qiynayotgan 77 muammo va kamchilik koʻrib chiqildi. Murojaatlarning 35 tasi joyida hal etildi.
– Men eʼtiborsizligim, biroz anglashilmovchilik sabab jinoyatchilik koʻchasiga kirib qolib, ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edim, – deydi chiroqchilik Shoymardon Nazirov. – Bugun tumanimizda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari sayyor qabul oʻtkazayotganini eshitib, yetib keldim. Oʻz muammoimni aytdim, yaʼni aybimga chin dilimdan pushaymonligimni, bundan keyin hech qachon jinoyat yoʻliga kirmasligimni aytib kechirim soʻradim. Ular murojaatimni tinglashdi va ijobiy hal etishdi. Shu yerning oʻzida sayyor sud tashkil etilib, oʻtalmay qolgan jazo muddati bekor qilindi. Bundan bagʻoyatda minnatdorman. Endilikda jamiyatda oʻz oʻrnimni topib mamlakatim rivojiga oʻz hissamni qoʻshaman.
Murojaatlarning asosiy qismi ishsizlik, kadastr va uy-joy, kommunal toʻlovlar, tibbiyot hamda taʼlim boʻyicha boʻldi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi boʻlgan 4 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi berildi. Shuningdek, 8 nafar fuqaroga shu yerning oʻzida yangi fuqarolik pasportlari topshirildi.
Sayyor qabul doirasida tashkil etilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi va kitob koʻrgazmalari ham ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Bahrombek Adilov boshchiligidagi sayyor qabulning navbatdagisi Koson tumanida tashkil etiladi va unga Muborak, Kasbi, Koson, Nishon, Qarshi tumani va Qarshi shahar aholisi tashrif buyurishi kutilmoqda.
Oʻ.BAROTOV, J.NORQOBILOV (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |