Farg‘ona viloyatining anklav hududi hisoblangan, 76 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan So‘x tumanida viloyat sektor rahbarlari tomonidan ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul hududlarda aholini qiynab kelayotgan va ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘layotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rish, fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Qabul jarayonida barcha viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, prokuratura, IIB va sud organlari hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etdi.
Qabulda 254 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan bevosita sektor rahbarlariga 162 ta murojaat kelib tushdi. Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining 28 ta ichimlik suvi va sug‘orish tizimida suv ta’minoti, 16 ta ichki yo‘llarni ta’mirlash, 20 ta qurilish ishlarini olib borish, 10 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati va ularning moddiy-texnika bazasi masalasida, 8 ta uy-joy, 4 ta moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalarda murojaatlari ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan qabul natijalari bo‘yicha 25 nafar murojaatchilarning masalasi joyida ijobiy hal etildi, 19 nafar murojaatchilarga tushuntirish berildi.
Qabul davomida kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqqan holda So‘x tumani aholisini ijtimoiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida mavjud holatni to‘liq o‘rganib chiqish bo‘yicha viloyat hokimligi, boshqarma va tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi.
Aholi bilan suhbat davomida ular o‘zlarini qiynab turgan muammolarni bayon etdi. Jumladan, Hushyor qishlog‘idan kutubxonachi bo‘lib ishlagan, hozirda pensiyadagi Ikromova Zulfiyaxon opa “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlardan minnatdor ekanligini bildirar ekan, qishloqdagi talabga javob bermay qolgan eski madaniyat uyi binosini buzib, binoni yangidan qurib, bu erda madaniyat maskani barpo etishni, kutubxona ham ochishni taklif qildi. Masala mas’ul rahbarlar e’tiboriga havola qilindi, topshiriq berildi. Bu kabi ko‘plab murojaatlar sayyor qabul davomida bildirildi.
So‘x tumani Sarikanda qishlog‘i Gulirayhon ko‘chasida yashovchi Mamasharipov O‘lmasjonning nogiron qizi uchun nogironlik aravachasi va moddiy yordam berish masalasida, So‘x tumani G‘aznov qishlog‘ida yashovchi Mirzoeva Fayzinisoning fuqarolik pasportini olish masalasidagi va boshqa qator murojaatlar ijobiy hal etildi.
Rovon qishlog‘ida yashovchi Ergashev Metinning sog‘liqni saqlash sohasida mutaxassislar etishmasligi sabab viloyat markazidan etishmaydigan sohalar bo‘yicha mutaxassislar yuborish to‘g‘risidagi murojaati ijobiy hal etilib, tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun viloyat hokimligiga ajratilgan 14 ta kvotadan 10 tasi so‘xlik yoshlar uchun ajratib berildi.
Qabul davomida 12 nafar malakali tibbiyot xodimlari tashrif buyurib, ular bir hafta davomida tumanda istiqomat qiluvchi aholini, ayniqsa, ayollar, yoshlar, keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.
Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tuman aholisi uchun sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.
So‘x tumanida o‘tkazilgan qabul davomida ko‘plab so‘xliklar ularga berilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik va imkoniyatlardan minnatdorligini bildirdi.
O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |