Bugun mamlakatimiz boʻylab hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitini tubdan yaxshilash, turmush farovonligini oshirish, davlat organlari bilan aholi oʻrtasida ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, fuqarolarning hayotiy ehtiyojlarini aniqlash va bartaraf etish borasida Xalq qabulxonalari tomonidan hududiy sektorlar bilan hamkorlikda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahrida bu borada erishilayotgan natijalar haqida koʻp gapirish mumkin. Keling, yaxshisi, salmoqli ishlarning bitta yoʻnalishi, yaʼni sayyor qabullar misolida aniq fakt va raqamlarga toʻxtalamiz.
Shu yilning oʻtgan davrida Toshkent shahrida masʼul rahbarlar tomonidan 1 ming 214 ta sayyor qabul oʻtkazildi. Unda 12 ming 700 dan ziyod turli masala va muammolar qayd etildi. Ushbu murojaatlarning 6 ming 700 dan ortigʻi joyida qanoatlantirilgan boʻlsa, qolganlari hal etish uchun tegishli tashkilotlarga yuborilib, nazoratga olindi.
Oʻtkazilgan sayyor qabullarning 225 tasi Xalq qabulxonasi mudirlari, 240 tasi hokimlar, 255 tasi prokurorlar, 249 tasi IIB boshliqlari, 245 tasi esa DSI boshliqlari hisobiga toʻgʻri keldi.
Shu oʻrinda sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarning tasnifi xususida toʻxtalsak. Jumladan, sud masalalariga doir 122 ta, ichki ishlar faoliyatiga oid 435 ta, prokuraturaga tegishli 98 ta, sogʻliqni saqlash boʻyicha 1 ming 940, gaz, elektr, suv va issiqlik taʼminoti yuzasidan 1034 ta murojaat qayd etilgan.
Sayyor qabullarning eng muhim jihati shunda boʻlmoqdaki, fuqarolar shaxsiy va hayotiy muammo hamda masalalarini oʻzlari yashayotgan hududda masʼul davlat organlari rahbarlari bilan bevosita uchrashib, bayon etmoqdalar va ularning aksariyati ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, yugur-yugurlarsiz oʻz oʻrnida hal boʻlmoqda. Joyida hal etish imkoni boʻlmaganlari esa Xalq qabulxonalari orqali joriy etilgan tizimga kiritilib, ularning yechimi qatʼiy nazoratga olinmoqda.
Ulugʻbek MAMADALIYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi masʼul xodimi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |