Bugun Oʻzbekistonda urbanizatsiya jarayonlari boshlandi. Obod yurt va farovon turmush uchun shahar va tumanlar, qishloqlar va mahallalarni obodonlashtirish, infrastrukturasini yaxshilash yoʻlida davlat va mahalliy byudjetlarning katta qismi ijtimoiy sohaga ajratilayotganligining boisi ham shunda.
Shunday jarayon kechayotgan Rishton shahrida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan joyida tanishishga harakat qildik.
Suhbatdoshimiz viloyat nuroniylar jamgʻarmasi raisi Topvoldi hoji Xoldorov.
– Har birimiz darvozamizdan qadam bosib yoʻlga chiqamiz. Agar yoʻlimiz ravon, tekis, keng, xavfsiz boʻlsa, biz hayotda bemalol qadam tashlab yuramiz, yashay olamiz. Yoʻlimiz egri-bugri boʻlsa, hozirgi kun talabiga javob bermasa, unda kayfiyatimiz har kuni buziladi.
Yoʻlni kengaytirish, yashayotgan xonadonlarni yangilab yashash, farzandlarga yaxshi bir udum qoldirish – bizning vazifamiz.
Rishton misolida olib qaraydigan boʻlsak, tuman hududidan oʻtuvchi qariyb 40 kilometr xalqaro ahamiyatga ega yoʻlni jahon andozalari talablari asosida mukammal darajada taʼmirlash birinchi galdagi ustuvor vazifalar sirasiga kiritilgan.
Hozirgi kunda tumanning shoh koʻchalari asosini 25 metrga kengaytirish orqali bir tomonlama harakatlanish yoʻnalishida 3 tasmali harakat yoʻlagini tashkil etish, yoʻl atrofida zamonaviy infratuzilma xizmatlari, kommunikatsiya tarmoqlarini joylashtirish, landshaft arxitekturasi asosida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilyapti.
Yoʻl boʻyida ikki qavatli aholi turar joylari, uylarning birinchi qavatida tadbirkorlik, savdo va xizmat koʻrsatish majmualari qad rostlaydi. Bu borada yashash xonadonlari yoʻl kengayishi, qizil chiziq ustida joylashganligi, tumanning bosh rejasiga koʻra bir necha yil oldin buzilish roʻyxati (snos)ga tushganligi sababli hozirda tumandagi 405 ta oilaga dastlabki hisob-kitoblar boʻyicha 25 milliard soʻm tovon puli (kompensatsiya) ajratish koʻzda tutilgan boʻlib, mazkur jarayon aniq reja asosida davom ettirilmoqda.
Yoʻllarni kengaytirish chizigʻiga tushgan uylar qismini buzishdan avval har bir xonadonga 10 million soʻmdan pul tarqatildi, ayrimlariga koʻproqdan ham berildi.
Koʻcha devorlari xonadonlariga zarur qurilish materiallarini arzon narxlarda yetkazib berish tashkil etildi. Hashar yoʻli bilan oilasida imkoniyati yoʻqlarga uylarini qurib berish choralari koʻrilyapti.
Haqiqatan ham Topvoldi hoji otaning gaplari isbotini 27-28-iyul kungi hasharda koʻrdik.
Taʼkidlash joizki, ayni kunlarda bevosita viloyat hokimligi koʻmagi bilan tumandagi uyi buzilishga tushgan har bir oilaga 5 ming donadan pishiq gʻisht, 2 tonnadan sement tarqatilyapti. Bu jarayonga viloyat miqyosida 1000 ta texnika vositalari jalb etilgan boʻlib, yuk mashinasi sigʻimiga qarab 1,5-5 ming donagacha pishiq gʻisht aniq roʻyxat asosida aholi xonadonlariga yetkazib berilyapti.
Shunga qarab tovon puli hajmi 10 million soʻmdan 300 million soʻmgacha berilyapti. Baʼzi oilalarga oʻz xohishiga qarab, tovon puli oʻrniga uy-joy qurish uchun qoʻshimcha yer maydoni ajratilyapti. Bugungacha Markaz MFYdan 70 ta, Uchariq MFYdan 100 ta oilaga oʻzlarining xohishi boʻyicha tovon puli oʻrniga qoʻshimcha yer maydoni ajratib berildi.
Yaqin istiqbolda dehqon bozori oʻrnida 9 ta koʻp qavatli uy hamda bir gektarda aholining maroqli hordiq chiqarishi uchun istirohat bogʻi barpo etilishi koʻzda tutilmoqda.
Viloyatning 11 ta shahar-tumanidan Rishtonga hasharchilar jalb qilingan boʻlib, har bir tuman hokimi shtab tuzib oʻzi boshchilik qilib, bu yerdagi hasharchilarga sharoit yaratish, aholiga qurilishda yordam berish ishlariga bosh-qosh boʻlmoqdalar.
Fargʻona shaharliklar 3 ta obyektdagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga yaqindan yordamlashish maqsadida 4 ta sektor rahbarlari tashabbusi bilan 4550 nafar hasharchi, 5 ta avtomashina, 3 ta ekskavator, 1 ta greyder va 2 ta traktor texnikalari bilan hasharda qatnashishdi.
Ushbu obyektlardagi qurilish va obodonlashtirish ishlarida Azot” AJdan 1500 nafar, “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJdan 2500 nafar,“Fargʻona Issiqlik energo markazi”dan kelgan 550 nafar hasharchi qatnashdi.
Tuman markazidagi “Qizil koʻprik” atrofidagi hududda Yozyovon tumanidan kelgan 587 nafar hasharchilar rishtonliklarga nafaqat shirin soʻzi, qoʻl mehnati, balki qurilish materiallari bilan ham amaliy yordam berishdi. Jumladan, homiylik tariqasida 50 mingta gʻisht, 10 tonna sement, 300 ta shifer olib kelindi. 15 ga yaqin turli qudratli texnikalar barcha ishlarga jalb qilindi.
Oʻtgan haftada tuman madaniyat uyi badiiy jamoasi kelib, tumandosh hasharchilarga tushlik paytida katta dasturda konsert namoyish etib, ularning koʻnglini koʻtardi.
– Hasharchilarning Yozyovondan Rishtonga maxsus ajratilgan avtotransportlarda bexavotir olib kelib, olib ketilishi tuman ichki ishlar boʻlimi rahbariyati tomonidan alohida nazorat olingan, – dedi tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Hojiakbar Toshpoʻlatov.
– Rishtondagi hasharda korxonamizdan kuniga 30 nafar ishchi-xizmatchilar qatnashyapti, – dedi Qoʻshtepa tumani tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Baxtiyor Erkaboyev. – Ishchi-mutaxassislarimiz tomonidan tuman hududida 4 km. beton stolbalarda demontaj ishlarini olib borish bilan birga obodonlashtirish, qurilish ishlarida bevosita ishtirok etyapmiz. Bizga biriktirilgan 3 ta xonadonda qurilish ishlarini olib borish uchun keltirilgan 2 mashina gʻishtni tashib, joylashtirdik. 2 ta eski binoni buzib, joyini tekisladik, shagʻal tashidik.
– Hovlimizda qoʻshtepalik elektrchilar qurilishimizda gʻayrat va fidoyilik bilan ishlashdi, baraka topishsin, – dedi Amir Temur koʻchasi, 7-uyda yashovchi nafaqaxoʻr Zokirjon Usmonov.
– Rishton tumanida olib borilayotgan ommaviy hasharda Fargʻona tumani mahallalari, tashkilotlaridan 630 nafar fuqaro qatnashyapti, – dedi tuman hokimi Ilhomjon Nosirov. – Bundan tashqari, tuman “Obodonlashtirish” boshqarmasidan 100 nafar xodim ishlayapti. Shuningdek, kommunal xoʻjaligi, elektr tarmoqlari korxonasi, gazlashtirish idorasi, yoʻl qurilishi va “Toza hudud”ning aksar texnikalari hasharga jalb qilindi.
Hasharchilardan 50 nafari asosan gʻisht teruvchilardan iborat va ular brigada usulida ish tashkil qilishgan. Shularning hisobiga bizga biriktirilgan hududda qurilish ishlari boshlab yuborildi.
Homiylar tomonidan 50 mingta pishgan gʻisht keltirilib, qurilishi boshlanayotgan xonadonlarga tarqatildi. Shagʻallar toʻkilib, suv taʼminoti yaratildi. Bundan tashqari, axlat va turli chiqindilarni shahar tashqarisiga tashib chiqarish uchun yuk texnikalari, ekskavatorlar, “Toza hudud”ning barcha texnikalaridan unumli foydalanildi.
Tuman hasharchilari tashabbusi bilan 2 km. hududda obodonlashtirish, qurilish ishlari, 90 ta xoʻjalik, 3 ta ijtimoiy obyektdagi ishlarga koʻmaklashish va buni sifatli amalga oshirish rejalashtirib olindi.
800 NAFARGA YAQIN HASHARCHILAR ISHTIROK ETISHDI
Rishtondagi umumxalq hasharida Bagʻdod tumanidan 800 nafarga yaqin hasharchilar ishtirok etishdi. Birgina 27-iyul kunining oʻzida 52 ming dona pishgan gʻisht va 5 tonna sement yangi qurilish obyektlariga yetkazib berildi.Buning uchun 11 ta texnika vositalaridan samarali foydalanildi.
Bagʻdodliklar tumandagi 45 ta xonadonni otaliqqa olishdi. Hozirgi kunda ushbu xonadonlarning 11 tasida fundament quyish ishlari amalga oshirildi. 5 tasida dastlabki gʻishtlar urilyapti. Ayni kunlarda hasharda 7 ta yuk tashuvchi, 2 ta yuklovchi, 1 ta avtogreyder va 4 ta boshqa texnikalar kuchidan oqilona va samarali foydalanilmoqda.
Rishton tuman shtabining yuqoridagi ishlar boʻyicha maʼlumotiga koʻra shu kunning oʻzida 13562 nafar hasharchi viloyatning barcha shahar-tumanlaridan kelib Rishtonda qurilish ishlarida ishtirok etgan. shuningdek, xonadonlarga 385 ming dona pishgan gʻisht, 124 tonna sement, 92 ta texnikada 1840 tonna shagʻal, 42 ta texnikada 840 tonna qum, 700 dona shifer yetkazib berilgan.
Bundan tashqari Rishton tumani hokimligi zaxirasida 52500 dona pishgan gʻisht, 21,4 tonna sement, 500 dona shifer, 2020 metr polietilen quvur mavjud. Viloyat prokuraturasi ham Rishton tumanida tashkil etgan zaxirada 165 ming dona pishgan gʻisht, 65 tonna sement, 200 dona shifer, 16 tonna ohak, 10 tonna gips mavjud. Rishtondagi ulkan qurilish maydoni, mehnat frontiga har kuni viloyatdan qurilish materiallari karvoni keltirilmoqda.
Yaqindagina norozi boʻlib ijtimoiy tarmoqlarga chiqqan Madina Bozorova bugun xushchaqchaq kulib yuribdi.
– Ozgina tushunmovchilik boʻlibdi-da, achchiq ustida gapirdim, – deydi u. – Mana, gʻisht, sement va boshqa qurilish materiallarini berishdi. Hasharchilar uyimizni ikki qavatli qilib qurib berishyapti. Avvalo Rishton xalqi uchun rivojlanishni, yaxshi kunlarni istagan Prezidentimizga rahmat.
Viloyat hokimi Sh.Gʻaniyev, viloyat prokurori S.Turdiyev, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi R.Mamatov bu ishlarning tepasida turib, har bir qurilish obyektida boʻlib, aholi bilan muloqotda boʻlmoqdalar.
Gulbahor Saidgʻaniyeva,
Ahmadali Teshaboyev,
Zaylobiddin Yigitaliyev
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |