Davlat xizmatlari markazlari xodimlari aholiga qulay, muhimi tezkor xizmat koʻrsatishga harakat qilmoqda. Biroq, ayrim texnik sabablarga koʻra, masalan koʻrsatilgan xizmat haqini toʻlashga biroz vaqt ketmoqda. Bu esa odamlarning kutib qolishi, navbat hosil boʻlishiga olib kelayotir.
Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilullo Toʻraxoʻjayev agentlik hayʼat majlisida bunday hollarga chek qoʻyish zarurligiga eʼtibor qaratdi. Tez orada markazlarda navbat kutish batamom yoʻq qilinadi, deb qayd etdi.
Majlisda xizmat sifatini yanada oshirish, kerak boʻlsa aholiga sutkasiga 24 soat xizmatda turish zarurligi aytib oʻtildi.
Aholiga yanada yaqin boʻlish uchun mahallalarda filiallar tashkil etilganini Davlatimiz rahbari ham maʼqulladi. – dedi X. Toʻraxoʻjayev. – Bu xalqimizga yanada kengroq qulaylik yaratishi hisobga olinib, kelgusida tegishli qaror asosida barcha mahallalarda davlat xizmatlari markazlari tashkil etilishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazlari xodimlari “Mamnun mijoz” loyihasi asosida xizmat koʻrsatishi yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun xodimlar uchun maxsus treninglar tashkil etilmoqda. Loyihaning maqsadi markazga kelgan har bir mijoz bu yerdan mamnun boʻlib ketishi uchun barcha choralar ishga solinadi.
Buning uchun davlat xizmatlari markazlari xodimlarining xizmat koʻrsatish tamoyillari ham ishlab chiqilib, rasman tasdiqlangan. Bu tamoyillarda asosiy eʼtibor mijozlar va ularning manfaatlariga qaratilgan. Bular ichida xushmuomalalik, samimiylik, ochiqlik, professionallik va boshqa muhim jihatlar oʻrin olgan.
Aholiga har tomonlama qulaylik yaratish maqsadida markazlar binolari zamon talablariga muvofiqlashtirilmoqda. Hozirga qadar zamonaviy 31 bino qurib, foydalanishga topshirildi.
Chekka hududlarda joylashgan qishloq aholisi uchun 52 shoxobcha tashkil etildi. Olis joylarda mobil davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda. Buning uchun 200 ga yaqin “Damas” hamda maxsus jihozlangan “Isuzu” rusumli avtobuslar ajratilgan.
Sayyor qabul amaliyotidan ham unumli foydalanilmoqda. Yuz mingga yaqin muammo shu yoʻl bilan hal etildi.
Kelgusida tizimda ayrim muammolarni tugʻdirayotgan elektron axborot almashinuvi, qogʻoz koʻrinishidagi maʼlumotnoma va boshqa hujjatlarni raqamlashtirish ishlarini yaxshilashga harakat qilinadi.
N.ABDURAIMOVA, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |