Andijon viloyati Xonobod shahrining Istiqlol mahallasida 2 mingdan ziyod dala hovli barpo etilmoqda. Ular mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.
Dengiz sathidan 750 metr balandlikda joylashgan Xonobod shahri oʻzining xushmanzarasi, goʻzal tabiati, salqin va kislorodga boy havosi bilan nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijiy sayyohlarni ham maftun etib keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgust “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida shaharda aholining koʻngilli dam olishi, turizmni rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yoʻnalishda “Madalbekov”, “Andijon makro stroy”, “Elegant innovation” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan mehmonxona, dam olish maskanlari, shuningdek, “Xonobod” sihatgohi ishga tushirildi. “Elegant innovation” masʼuliyati cheklangan jamiyati ekoturizmni targʻib etish maqsadida Xitoydan 100 dona velosiped olib kelib, ijara asosida foydalanish imkonini yaratdi.
Shaharning Istiqlol mahallasidagi 30 gektar adirlik hududida dala-hovlilar qurilayotganligi esa dam oluvchilar va sayyohlarga katta qulaylik yaratadi.
Qurilish ishlarini jadallashtirish maqsadida “Andijonavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish tashkiloti, “Andijon hududiy elektr korxonasi”, viloyat “Suvoqova” unitar korxonalari tomonidan yoʻllar chiqarilib, asfaltlanmoqda, yangi dala-hovlilar elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda.
Mazkur jarayonda xorijiy sarmoyadorlar ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, ozarbayjonlik investorlar tomonidan tashkil etilgan “Andijon STS” qoʻshma korxonasiga Germaniya texnologiyasi asosida 1 ming 200 ta dam olish uylari barpo etish uchun 85 gektar yer maydoni ajratib berildi.
Ayni kunda ushbu obyektda 1 ming 500 nafardan ortiq quruvchi va mutaxassislar, oʻnlab texnika vositalari ishlamoqda. Ularning samarali ish olib borishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
F.UBAYDULLAYEV, Z.UMURZOQOV (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |