2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bosh prokuror o‘rinbosari Mirzacho‘lda sayyor qabul o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari S.Saidkarimov Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumani markazida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda 200 dan ziyod fuqaro ishtirok etdi. Qabul davomida 63 nafar fuqaroning murojaati ro‘yxatga olindi.

Murojaatlarning ko‘pchiligini uy-joy, inshootlarga egalik huquqi va foydalanish, ishga tiklash, ish haqini undirish, aliment undirish kabi masalalar tashkil qildi.

Murojaatlarning 2 tasi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar viloyat sog‘liqni saqlash, moliya boshqarmalariga, markaziy bankiga, elektr tarmoqlari korxonasiga, tuman hokimligiga, avtoyo‘l korxonasi va boshqa tegishli tashkilotlarga topshirildi. Tushgan murojaatlar qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun topshirilib, ijrosini ta’minlash nazoratga olindi.

– Tuman markazida qurilayotgan maishiy xizmat uyi qurilishida o‘zim, xotim va ukam – uchalamiz ikki oylik ish haqimizni ololmayapmiz, – deb murojaat qildi G‘alaba mahallasida yashovchi Muhammad Mirzaev. – Pudratchi turli bahonalar bilan paysalga solib kelayotir. Tuman tashkilotlariga arz qildik, foydasi bo‘lmadi.

Fuqaro Muhammad Mirzaevning murojaatini hal qilib berish uchun pudratchi tashkilotga ikki kun muhlat berildi. Ijrosini nazorat qilish tuman prokuraturasiga topshirildi.

Xuddi shunday boshqa murojaatlarni hal etishning aniq muddatlari belgilanib, nazorati tegishli tashkilotlariga yuklandi.

Toshqul BEKNAZAROV, O‘zA

25.08.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar