Jizzax viloyati Forish tumani Xonbandi shaharchasida ham “Obod qishloq” dasturi asosida obodonlashtirish ishlari boshlandi.
X-XIV asrlarda qurilgan noyob arxeologik yodgorlik Xonbandi to‘g‘oni yaqinida joylashgan va shu obida nomi bilan ataluvchi sobiq konchilar posyolkasi yanada obod bo‘lmoqda. O‘tgan asrning 80-yillari boshida hududdagi Uchquloch koni ishchi-xizmatchilari uchun bunyod etilgan shaharchaning keyingi 20-25 yillik hayoti havas qilarli darajada emasdi. Kon yopilishi bilan ishsizlik ko‘paydi, gaz, suv ta’minoti, kommunal xizmat izdan chiqdi.
Tuman hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, yillar davomida to‘planib qolgan muammolar bartaraf etilib, shaharchani obodonlashtirish ishlari boshlandi. Birinchi navbatda ko‘p qavatli 14 ta uy, shuningdek, umumta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim muassasasi ta’mirlanmoqda. Ko‘p qavatli uylar hovlisida bolalar maydonchalari barpo etilayotir.
Mahalliy byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalari, homiylar mablag‘lari hisobidan aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Shaharchani tuman markazi bilan bog‘laydigan yo‘l va ichki yo‘llar ta’mirlanib, yo‘laklar quriladi.
Qurilish-obodonlashtirish ishlarida tumandagi korxona-tashkilot, muassasalar ishchi-xizmatchilari, texnika va transport vositalari qatnashmoqda. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlardan mamnun shaharcha aholisi obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etayotir.
– Barcha muammolarning bosh sababi ishsizlik, aholi doimiy daromad manbaiga ega emasligida, – deydi shaharchadagi “FORTEX” xususiy korxonasi rahbari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Bozorgul To‘raeva. – Yangi ish o‘rinlari barpo etilishi shaharchani yana obod maskanga aylantiradi. Chunki mehnatkash, tadbirkor va ishbilarmon xalqimiz o‘z kuchi bilan yurtni obod qilishga qodir. Bugun obodonlashtirish ishlarida ham barcha, keksayu yosh faol ishtirok etmoqda. Shaharchamiz fuqarolari davlatimizning xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarini qo‘llab-quvvatlab, o‘zi yashayotgan go‘shani obod qilishga munosib ulush qo‘shishga astoydil harakat qilayotir.
Shaharchani obod, odamlarni hayotdan rozi qilishda turli vazirlik va idoralar ham ishtirok etmoqda. Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari bir necha kun davomida viloyatdagi hamkasblari bilan shaharcha aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
Tibbiy ko‘rik davomida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha respublika, viloyat va tuman shifoxonalariga ambulator va statsionar davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Kam ta’minlangan oilalarga "Sog‘lom avlod" xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan bepul dori-darmonlar tarqatildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |