Navoiy viloyati Karmana tumanida Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari M.Mahkamov sayyor qabul oʻtkazdi.
“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida aholi murojaatlarini oʻrganish va ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida oʻtkazilgan qabulda 150 nafardan ortiq fuqaro qatnashdi.
Ommaviy sayyor qabulda 18 murojaatchi tomonidan 21 ta masala boʻyicha murojaat yoʻllandi. Murojaatlarning 2 tasi shu joyning oʻzida ijobiy hal etildi.
Masalan, Karmana tumani Talqoq mahallasi fuqarolari nomidan Rahim Roʻziyev hududdan oʻtuvchi “Xonim arigʻi”ga 3 yildan buyon suv chiqmayotgani, mutasaddilar mazkur masala yuzasidan qilingan murojaatni shu kungacha eʼtiborsiz qoldirib kelayotganidan shikoyat qilib, muammoni yechishda amaliy yordam soʻradi. Murojaat yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosariga 10 kun muddat ichida murojaatda keltirilgan masalani ijobiy hal etish boʻyicha topshiriq berildi.
Shuningdek, Karmana tumani hududidagi “Vosxod” bogʻdorchilik jamiyati dala hovlilarining birida yashovchi Navbahor Jumayeva doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turmaganligi sababli imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalana olmayotgani va kasallik boʻyicha nafaqaga chiqishida muammoga duch kelayotgani, bunda amaliy yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qildi. Tuman hokimligi mazkur masalani belgilangan muddatda ijobiy hal qilib berishni zimmasiga oldi.
– Nogiron farzandim borligi, yolgʻiz ona sifatida ishsizligimdan biroz ijtimoiy qiyinchiliklarga duch kelardim, – deydi Karmana tumani “Argʻun” mahallasida yashovchi Dilafroʻz Mavlonova. – Sayyor qabulda meni ish bilan taʼminlash masalasi viloyat Davlat soliq boshqarmasi nazoratiga olinib, qisqa fursatda ijobiy hal etiladigan boʻldi. Aholi, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning murojaat va muammolarini qatʼiy nazoratga olib, ijobiy hal qilib berayotgan mutasaddilarga rahmat aytaman.
Sayyor qabulda shuningdek, murojaatchilar tomonidan uy-joy, yoʻl, bandlik va boshqa masalalar bilan bogʻliq muammoli murojaatlar tinglandi.
Qabul doirasida fuqarolarga 100 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga 15 ta oziq-ovqat jamlanmasi berildi.
O'zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |