Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, ularning qonuniy talablari, so‘rov va takliflarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan mazkur idoraning amaliy ko‘magi bilan ko‘plab hamyurtlarimiz o‘zlarini qiynab kelayotgan turli muammolarga yechim topmoqda. Eng muhimi, murojaatlar tegishli tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida qonuniy va adolatli hal etilayotgani fuqarolarimizning hayotdan rozi bo‘lib, ertangi kunga ishonch hissi bilan yashashlarida muhim omil bo‘lmoqda.
Mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, birinchi navbatda qishloqlarda aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, shuningdek, aholining bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.
Joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish maqsadida Prezidentimizning 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan hududlardagi muammolarni tezkor o‘rganish va yechimini topishda sektor rahbari bilan barcha tumanlarda sayyor qabullar o‘tkazilishi doimiy yo‘lga qo‘yilgani yaxshi samara bermoqda. Davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydigan mazkur xalq bilan muloqot uslubi tobora o‘ziga xos an’anaga aylanib bormoqda. Bunday amaliyot fuqarolar bilan muloqotni sifat jihatdan yaxshilashga yordam beradi.
Joriy yilning 23 martidan 29 iyuniga qadar Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida Prezident Administratsiyasi mas’ullari tomonidan 7 marotaba sayyor qabul o‘tkazilib, unda qayd etilgan murojaatlarning 35 tasi ijobiy hal etildi.
Toshkent viloyati hokimi tomonidan shu davrda 24 marotaba sayyor qabul o‘tkazilib, 182 ta murojaat ijobiy hal etilgan. Viloyat prokurori tomonidan o‘tkazilgan 37 ta sayyor qabulda 190 ta murojaat, viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan 23 ta sayyor qabulda 132 ta murojaat, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan 19 ta sayyor qabulda esa 111 ta murojaat yechimi ijobiy hal etilgan.
Shuningdek, shu davrda Ichki ishlar vazirligi tomonidan 8, Bosh prokuratura tomonidan 5, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan 4, “O‘ztransgaz” AJ tomonidan 2 va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2 marotaba, jami 21 marotaba sayyor qabul o‘tkazilib, mazkur jarayonlarda 856 ta murojaatdan 130 tasi qanoatlantirilgan. 156 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan va 570 tasi ko‘rib chiqish uchun nazoratga olingan.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati tuman va shahar sektor rahbarlari tomonidan Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda joylarda 865 marotaba sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning 6 ming 643 ta murojaati qabul qilingan. Murojaatlarning 1 ming 870 tasi ijobiy hal etilib, 1 ming 998 tasi bo‘yicha huquqiy maslahat va qonuniy tushuntirish berilgan. 2 ming 771 tasining esa ko‘rib chiqilishi nazoratga olingan.
Sayyor qabullardagi murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p murojaatlar kommunal, yo‘l, uy-joy va yer ajratish, qurilish hamda bandlik masalalariga taalluqli ekani aniqlandi. Jumladan, 1 ming 378 ta murojaat kommunal (gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti), 769 tasi yo‘l qurilishi, 500 tasi uy-joy va yer bilan ta’minlash, 354 tasi qurilish, 339 tasi bandlik masalasiga oid. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, kredit olish, ichki ishlar faoliyati, moddiy yordam ajratish, davlat xizmati faoliyati, pensiya va nafaqa, kommunal to‘lovlarni hisoblash, aliment undirish va boshqa masalalarda 3 ming 600 ga yaqin murojaat kelib tushgan.
Xalq qabulxonalari boshchiligida hududlarda o‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida prokuratura idoralari tomonidan 557 ta, ichki ishlar idoralari tomonidan 566 ta, davlat soliq idoralari tomonidan 401 ta, majburiy ijro byurosi tomonidan 80 ta, bandlikka ko‘maklashish idoralari tomonidan 59 ta, uy-joy kommunal xizmati tomonidan 49 ta, sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari tomonidan 47 ta, “Elektr tarmoqlari” UK tomonidan 47 ta, “O‘ztransgaz” AJ tomonidan 32 ta, avtomobil yo‘llari korxonasi tomonidan 31 ta, kadastr xizmati tomonidan 27 ta, banklar tomonidan 27 ta, sud organlari tomonidan 20 ta, maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan 14 ta murojaatlar ijobiy hal etilgan.
Shu o‘rinda qayd etish lozimki, bugun har bir fuqaro uchun barcha davlat organlari va tashkilotlarining eshiklari ochiq. Davlat idoralari rahbarlari fuqarolarning murojaatlarini sokin kabinetlarda emas, balki ijtimoiy jarayonlar kechayotgan pallada joyiga borib, real holatni o‘rganmoqda.
Sayyor qabullarda tuman hokimlari, tegishli hududiy tashkilotlar rahbarlarining ishtirok etayotgani fuqarolarning murojaatlari, mahallalarga biriktirilgan ishchi guruhlarning uyma-uy yurib aniqlagan muammolarini, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni tezroq aniqlash va hal etish imkoniyatini bermoqda. Shuningdek, ularning muntazam yo‘lga qo‘yilgani avvalgi uchrashuvlarda belgilangan ishlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda.
Muxtasar aytganda, sayyor qabullar aholi muammolarini joyida, tez va samarali hal etish imkonini berayotgani, hududlarda yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarni aniqlash va bartaraf etilishida davlat organlari va tashkilotlari oldiga vazifalar qo‘yayotgani va ushbu vazifalarni to‘laqonli bajarishga undayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Akmal Teshaboev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |