2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlaridan aholi mamnunmi?

Bugun yagona darcha tamoyili asosida 100 dan ortiq davlat xizmatlarining yo‘lga qo‘yilgani aholi uchun ko‘plab qulayliklar yaratmoqda. Buni Mirishkor tumani davlat xizmatlari markazi misolida ham ko‘rish mumkin.

Har bir mijozning ehtiyojlaridan kelib chiqib markazda yaratilgan shart-sharoitlar aholini mamnun qilmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlar yo‘lga qo‘yilgan xizmatlardan mamnun.

 

Masalan, tumandagi yosh tadbirkor Alisher Kenjaev ham joriy yilda tuman davlat xizmatlari markazi ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik faoliyatini boshladi.

 

– Bugun tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar tahsinga loyiq, – deydi A.Kenjaev. – Tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishim ortiqcha ovoragarchiliksiz bitib, tezda hal bo‘ldi. Muhimi hujjatlarimning barchasi o‘sha joyning o‘zida tayyor bo‘ldi. Natijada tuman markazidagi bo‘sh turgan ikki qavatli binoni “nol“ qiymatda olib, u yerda tikuvchilik sexi, go‘zallik saloni va savdo majmuasi tashkil qildim. Shuni evaziga 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

 

Mirishkor tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari bugungi kunga kelib, 120 dan oshib ketdi. Xususan, markaz tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 16 ming 200 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Bundan tashqari tumanning hududi kattaligi va olis qishloq aholisining tuman markaziga qatnashi murakkabligini hisobga olib, chegara hududda joylashgan Pomiq va Gulshanbog‘ qishloqlarida ikkita filial tashkil etildi. Hozirda belgilangan grafik asosida markaz xodimlari filiallarga borib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sayyor davlat xizmatlari o‘tkazib kelmoqda.

 

photo5461133080044612259.jpg

 

Tumanda faoliyat yurituvchi tadbirkor Jamshid Jamilov yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatini 2015 yilda boshlagan. O‘tgan vaqt mobaynida sohada anchagina tajriba orttirgan tadbirkor faoliyatini kengaytirishni niyat qilib, davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuradi.

 

– Endigina tadbirkorlikni boshlaganimda yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lish uchun hujjatlarni tayyorlashga bir oy ovora bo‘lgandim, – deydi Jamshid Jamilov. – Joriy yil boshida oilaviy tadbirkor sifatida ro‘yxatdan qayta o‘tish uchun tuman davlat xizmatlari markaziga bordim. Bir soatda ishim bitdi. Aslida yana bir oy ovora bo‘lsam kerak degan xayolda kelgan edim. Tadbirkorlar uchun shunchalik imkoniyatlar yaratilayotganidan mamnunman. Mana hozir oilaviy tadbirkor sifatida faoliyatimizni davom ettirayotirmiz. 20 xil turdagi shirinlik ishlab chiqarmoqdamiz. Kredit mablag‘i evaziga xorijdan zamonaviy va energiya tejamkor texnologiyalar olib kelganimiz, mahsulotlarimiz sifatini oshishiga xizmat qilmoqda.

 

Markaz binosida fuqarolar uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayrim davlat xizmatlarini fuqarolar zalda o‘rnatilgan info-kiosklar orqali o‘zlari mustaqil amalga oshirishlari ham mumkin. Markaz tomonidan tuman aholisiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining asosiy qismini bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish, elektr energiya, gaz va suv tizimiga ulanishga texnik xulosalar olish va plombalash, fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga qo‘yish, sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish, qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish kabilar tashkil qilmoqda.

11.09.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar