Mazkur Reestr davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish natijasi bo‘yicha shakllantirilgan bo‘lib, jami 716 ta davlat xizmati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun: dastlabki reestr 2018 yil 28 fevral kuni Adliya vaziri va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan tasdiqlandi hamda 2976-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, 444 xizmatdan iborat bo‘lgan. Keyinchalik 2018 yil 1 iyunda Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori bilan Davlat xizmatlari yagona reestri tasdiqlandi va 3021-son bilan Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. U o‘z ichiga 693 ta davlat xizmatlarini qamrab olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoniga asosan Adliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Davlat xizmatlari yagona reestrini shakllantirishni ta’minlash vazifasi yuklatilib, 2018 yil 1 iyundan boshlab esa Davlat xizmatlarining yagona reestriga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan edi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |