O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi, Davlat xizmatlari agentligi hamda O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi vakilligi hamkorligida “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasiga start berildi.
Tadbirda vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar, Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, NNT hamda boshqa mas’ul shaxslar ishtirok etdi. Ular, xalqaro standartlarga muvofiq, davlat idoralari va davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini insonlarga xizmat qiladigan hamda eng muhim masalalarni hal qiladigan vositaga aylantirishning muhimligini muhokama qildilar.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov o‘zining kirish so‘zida bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari fuqarolar va boshqa davlat organlarining o‘ziga xos bog‘lovchi vositasi ekanini qayd etdi. Ularning asosiy maqsadi — davlat organlari va fuqarolarning bevosita aloqasini qisqartirish yo‘li bilan korrupsiya va byurokratiyani oldini olish.
— Davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash har bir hukumat uchun o‘z fuqarolariga yanada samarali xizmat ko‘rsatishni istaydigan muhim element hisoblanadi, — deya ta’kidladi o‘z kirish so‘zida BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska. — Qishloq joylaridagi davlat xizmatlariga e’tibor qaratish bilan, loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri qishloq joylarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari hayotini yaxshilashga va Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini mahalliylashtirishga bevosita hissa qo‘shadi.
Davlat xizmatlarini taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirish orqali, Loyiha ayollar, yoshlar va bolalar, qariyalar va nogironligi mavjud shaxslar kabi qishloq joylardagi aholining zaif qatlamlarining hayot sifatini yaxshilashga, ularning xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sifatini yaxshilashga yordam beradi.
— Davlat xizmatlari agentligi fuqarolarning samarali va sifatli davlat xizmatlari bilan 100 % qamrab olinishidan manfaatdorligi haqida bir necha bor xabar bergan, — deya ta’kidladi Agentlik direktori Xalilillo Turaxujaev o‘z chiqishida.
— Mazkur loyiha Agentlik tomonidan ushbu yo‘nalishda boshlab yuborilgan ishlar davomi bo‘lib qoladi. Shunday qilib, Loyiha doirasida 5 ta hudud, ya’ni Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida yuqori standartlar asosida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilishi belgilangani bizni quvontiradi, albatta. Ammo biz tanlangan sinov hududlar bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz hamda mazkur tajribani barcha Markazlarimizda tatbiq etamiz.
Tadbir doirasida BMT Taraqqiyot Dasturining “Samarali boshqaruv, siyosat va kommunikatsiyalar” klasterining rahbari Kamila Muxamedxanova o‘z taqdimotida qo‘shma loyihaning asosiy yo‘nalishlari haqida gapirdi, xususan:
Davlat xizmatlari agentligi, Adliya vazirligi hamda Davlat xizmatlari agentligi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning Davlat xizmatlari markazi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish siyosatini ishlab chiqishda, rejalashtirishda, amalga oshirishda va muknosabat bildirishda institutsional salohiyatini kuchaytirish.
Fuqarolarning ishonchini yanada oshirish hamda “Yagona darcha” orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarining barqarorligini ta’minlash uchun xizmat ko‘rsatishning namunaviy modellarini qo‘llab-quvvatlash sinov hududlarda kamida beshta Davlat xizmatlari markazlarining texnik imkoniyatlarini rivojlantirish.
Zaif guruhlarning manfaatlarini va ehtiyojlarini hisobga olishni ta’minlash maqsadida sinov hududlarda mahalliy hokimiyat organlarining keng ishtirokiga asoslangan rejalashtirish tizimlarini joriy etish va qo‘llab-quvvatlash.
Ushbu yo‘nalishlarni amalga oshirish doirasida markaziy va mahalliy darajada davlat xizmatlarini ko‘rsatishning normativ-huquqiy hamda siyosiy bazasini qayta ko‘rib chiqish, xizmatlar sifati darajasini baholash va ularni optimallashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan davlat organlarining funksional tahlilini o‘tkazish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimiga katta ma’lumotlar bilan bog‘liq tahliliy vositalarni joriy etish, shuningdek, taqsimlangan ro‘yxatga olish texnologiyasi (“blokcheyn”) asosida yechimlarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, tadbirda ta’kidlanganidek, loyiha doirasida, barcha fuqarolarning yashash joyidan qat’iy nazar, davlat xizmatlaridan tezkorlik bilan foydalanilishini ta’minlash maqsadida, davlat-xususiy sheriklik asosida Davlat xizmatlari markazlarining shahobchalari ochilishi rejalashtirilgan.
Loyihada belgilangan maqsadlarga erishilishi — davlat xizmatlarining milliy tizimini takomillashtirish uchun navbatdagi turtki bo‘lishi kutilmoqda.
Davlat xizmatlari agentligi
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |