Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish va adolatni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar xalq ichiga kirib borish, uning dardini tinglash, tashvish va muammolariga bamaslahat yechim izlashning eng samarali vositasi sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Albatta, yillar davomida to‘planib qolgan muammolarning hammasini bir paytning o‘zida, birdaniga hal etib bo‘lmaydi. Bu imkonsiz. Lekin harakat qilinib, muammolar yechimiga choralar izlanmoqda.
Viloyat prokurori Ulug‘bek Qosimov qabul jarayonida 43 nafar fuqaroning murojaatini tingladi. 40 ta yozma murojaatlar qabul qilinib, ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi. Murojaatlar asosan, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi.
Qabul chog‘ida 5 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 5 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolanishga yotqizildi, 3 nafari fuqaroga nogironlik aravachasi berildi.
– Qizim oliy o‘quv yurtiga to‘lov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganligi sababli kontrakt-shartnoma to‘lovini to‘lashda qiynalib qoldik, – deydi F. Jalilova. – Viloyat prokurorining sayyor qabulida ta’lim krediti olish masalasida murojaatim qildim. Viloyat markaziy banki vakillari bu masalada amaliy yordam beradigan bo‘ldi.
–Tumandagi Xumdon qishlog‘ida nogiron va kam ta’minlangan oilalar uchun 18 ta xonadondan iborat ko‘p qavatli uy qurilgan, – deydi M. G‘anieva. – Mazkur xonadonlar foydalanishga topshirilgan bo‘lsada hozirgi kunga qadar kadastr hujjati rasmiylashtirilmaganligi sababli egalik huquqlarini belgilash cho‘zilmoqda. Sayyor qabul davomida mazkur masala tuman hokimi hamda viloyat, tuman kadastr bo‘limi vakillari ishtirokida ko‘rilib, hal etiladigan bo‘ldi.
Sayyor qabulda yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, viloyat prokurori 10 nafar kam ta’minlangan oilalarning xonadonida bo‘lib, ular bilan muloqotda bo‘ldi.
M. Sulaymonov, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |