2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Cho‘lda rasmiylashtirilgan nikoh yoxud echimini topayotgan murojaatlar

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Bahronov tomonidan viloyat markazidan qariyb 450 km. olisdagi Uchquduq tumanining “Ko‘kpatas” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Tuman sektor rahbarlari, tegishli davlat organlari va tashkilotlari, yuridik xizmat ko‘rsatuvchi notarius, advokat, FHDYo hamda davlat xizmatlari vakillaridan iborat mutasaddilar ishtirok etishdi.

Qariyb 170 nafar aholi ishtirok etgan sayyor qabulda aholi tomonidan 28 ta murojaat qabul qilindi.

“Bugun 17-oktyabr, men uchun tarixda qoldi. Bizning nikohimiz qonuniy rasmiylashtirildi. Bizga nikoh guvohnomasi berildi. Biz bir oila bo‘ldik. Hech qanday sarson-sargardonliksiz, hammasi oson hal bo‘ldi. Baxtlimiz”, deydi uchtepalik yosh oila Jumabekov Nurdulat va Hikmatova Akmirey.

“Men 2014-yilda Qozog‘istondagi Turkiston tibbiyot kollejini tugatganman. Mutaxassisligim bo‘yicha ishlamoqchiman. Ovulimizda akusher etishmaydi. Sayyor qabuldan diplomimni nostrifikatsiya qilish tartibi haqida bilib oldim. Ovuldoshlarimga xizmat qilmoqchiman. Bizda akusher etishmaydi. Ovul ayollari 15 kun oldin Konimex tuman tug‘ruqxonasiga jo‘natiladi”, deya shodligini yashirmadi Aqjanar Ismailova.

Shuningdek, qabul jarayonida fuqarolarga 32 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 5 ta tashabbus ijrosi hamda 21-oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgani munosabati bilan ovuldagi maktabga badiiy kitoblar tarqatildi.

photo5280765833959812205.jpg

 

photo5280968865653828838.jpg

 

photo5278353221980630018.jpg

 

O`zA

18.10.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar