O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan yangidan qurilgan “Future Muynak” axborot texnologiyalar markazi va “Vook cafe”ning foydalanishga topshirilishi mo‘ynoqlik yoshlarning orzularini ro‘yobga chiqishida katta qadam bo‘ldi.
Chunki bu muassasalarda yoshlarning kompyuter texnologiyalarini o‘rganishi va zamonaviy adabiyotlarni o‘qishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Markaz o‘qituvchilari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali tomonidan tashkillashtirilgan maxsus treninglarda o‘qitildi.
Eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlangan “Future Muynak” axborot texnologiyalari markazida yoshlar bugungi kun talabiga javob beradigan 2D-grafika, 3D-modellashtirish, veb-dizaynerlik, dasturlash kabi mutaxassisliklar bo‘yicha bilimlarni chuqur egallash imkoniyatiga ega bo‘lsa, “Vook cafe” kutubxonasida badiiy va boshqa kitoblarni o‘qib bilimini oshirishi, ma’nan hordiq chiqarishi mumkin.
Elektr tarmoqlari majmuasi tuman elektr tarmog‘i xodimlari va mijozlar uchun katta sovg‘a bo‘ldi. Zamonaviy tipda qurilib, uch qavatli ofis, xostel, internet kafe va ovqatlanish markazini o‘z ichiga olgan mazkur majmuada barcha sharoit yaratilgan.
Bugun maktabgacha ta’lim sohasini ta’lim-tarbiyaning eng asosiy bo‘g‘iniga aylantirish, sohani tubdan rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimizning MTMga bo‘lgan qarashini butunlay o‘zgartirib yubordi.
“Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi tomonidan qurilgan 70 o‘rinli “Surxon quyoshi” bolalar bog‘chasi tuman xalqi uchun ana shunday maskanlardan biriga aylanishi shubhasiz.
Tumanda qad ko‘targan Bolalar musiqa va san’at maktabi hamda “Orol dengizi tarixi” muzeyi qoraqalpoq madaniyatining yanada rivojlanishida yangi bosqichni boshlab beradigan dargohlar sifatida tuman xalqining eng sevimli maskanlariga aylanadi. Yangidan qurilgan musiqa maktabi 150 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Maktab 2 qavatli o‘quv binosi, 210 o‘rinli konsert zali va yozgi estrada bo‘limlaridan iborat. Maktabda o‘quvchilar 8 yo‘nalish bo‘yicha tahsil oladi. Eski kemalar yig‘ilgan joyda yangidan qurilgan muzey binosida Orol dengizining o‘tmishi, turfa xil qushlar, baliqlar haqida ma’lumotlar, kemalarning turli uskunalari, tarixiy fotosuratlar va rassomlarning ijod namunalari o‘rin olgan.
Motamsaro ona yodgorlik majmuasi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yodgorligi sifatida qurilib, majmuadagi 6 kitobda urushda qatnashib, qaytib kelmagan tumanning 1320 farzandi nomlari bitilgan. Majmuaning yoshlarning o‘z ajdodlari tarixini bilishi, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, bugungi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetishni o‘rgatishdagi o‘rni katta.
Shuningdek, tuman xalq ta’limi bo‘limi uchun qurilgan yangi ikki qavatli binoda ta’lim sohasi xodimlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Albatta, bu ob’ektlar tuman ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shish barobarida aholi turmushini yaxshilash, ish bilan ta’minlash, yoshlarning bilim olishi, hunar o‘rganishi, madaniyat va san’atga qiziqishini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |