Qishning qirovli kunlari ham yaqinlashmoqda. Bu faslda odamlarning ruhiyati, ishchanlik kayfiyati mavsumga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlariga bog‘liq.
Sovuq kunlarda xonadonni me’yorida isimaganidan halovati buzilgan yoki energiya ta’minoti uzilib qolgan uyning sohibi, albatta, ishni emas, oilasini o‘ylaydi. Xonadonni isitish yoki energiya bilan ta’minlash choralarini izlaydi. Agar ko‘p qavatli uylarning atrofi nosoz, notekisroq bo‘lsa, ish kunini o‘yinqaroq farzandlarining sog‘ligini o‘ylab o‘tkazadi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga hozirlash tubdan takomillashtirilib, ko‘p xonadonli uylar va ularning atrofida qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani aholining oilasidan ko‘ngli to‘q, bugungi hayotidan rozi bo‘lib yashashida muhim ahamiyat kasb etayotir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida Termiz shahri va 13 tumanda 73 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati 1 ming 251 ta ko‘p kvartirali uy-joyga xizmat ko‘rsatadi. So‘nggi uch yilda mahalliy budjet, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, homiylar va tijorat bankining kredit mablag‘lari hisobidan ko‘plab ko‘p qavatli uylar mukammal hamda joriy tamirlanib, zamonaviy qiyofada bo‘y ko‘rsatdi. Bunda tom, fasad kirish qismlarida katta hajmdagi ta’mirlash-qurilish ishlari amalga oshirildi. Ko‘p yillardan buyon qarovsiz bo‘lib qolgan yerto‘lalardagi muhandislik-kommunikatsiya tizimlari hamda elektr taqsimlash shitlari ta’mirlandi. Uylarning old qismidagi yo‘laklarga beton qoplamalar to‘shalib, kirish qismidagi yo‘laklarga temir eshik va raqamli qulflar o‘rnatildi. Tashqi yoritish chiroqlari, tashqi kuzatuv kameralari o‘rnatish yo‘lga qo‘yildi. Bolalar maydonchalari rekonstruksiya qilinib, yetarli sharoitlar yaratilmoqda. Masalan, o‘tgan yili viloyatdagi 337 ko‘p qavatli uyning tom qismi mukammal, 219 tasining tom qismi joriy tamirlangan bo‘lsa, bu yil yana besh yuzdan ortiq uyda ana shunday bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlarini bajarish rejalashtirilgan.
Xo‘sh, yilning o‘tgan davrida bu borada qanday natijalarga erishildi? Ko‘p kvartirali uylarda yashayotgan aholi qishli-qirovli kunlarda jiddiy muammolarga duch kelmaydimi?
– Kuz-qish mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz avvalgi yillarda duch kelgan muammolarga chek qo‘yish uchun tayyorgarlik ishlarini ancha erta boshladik, – deydi viloyat uy-joy kommunal xizmati ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i P.Qobilov. – Viloyatdagi ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2019-2020-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Shunga asosan joriy yilda 510 ta ko‘p kvartirali uylarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 23 milliard so‘m bank krediti, 1,6 milliard so‘m mahalliy budjet, 2,4 milliard so‘m homiylik, 138 million so‘m xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari mablag‘i jalb etildi. Bu mablag‘dan samarali foydalanish uchun ko‘p qavatli uylar holati chuqur o‘rganilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim ishlar belgilab olindi. O‘ylaymizki, sovuq kunlarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik yumushlari bu yil ko‘p kvartirali uylarda yashayotgan odamlarning jiddiy e’tirozlarini bartaraf etishga xizmat qiladi.
Dasturga muvofiq o‘tayotgan yilda vohadagi 96 ta uyning tom qismini mukammal, 55 ta uyning tom qismini joriy, 819 ta kirish yo‘laklarini ta’mirlash, 524 ta kirish yo‘laklariga temir eshik va raqamli qulflar o‘rnatish, 1 ming 709 kvadrat-metr framuga romlariga oynalar o‘rnatish, uylarning 398 pogon metr yon tomon devorlari ulangan qismini, 616 ta elektr taqsimlash shitlarini ta’mirlash, 34 ta uyning yerto‘lasini tartibga keltirib, kommunikatsiyalarni ta’mirlash, 51 ta bolalar maydonchasi o‘rnatish kabi ishlar amalga oshirilishi kerak edi. Shuningdek, qator hududlardagi irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash, 17 ming 820 kvadrat-metr uy oldi qismidagi yo‘laklarini beton qorishmasi bilan qoplash, 271 ta uyning tashqi fasad qismini ta’mirlash va bo‘yash, 272 ta tashqi yoritish chiroqlari o‘rnatish, 27 ta ayvonli tandirxonalar qurish belgilab olingan. Hozirgacha 144 ta uyning tom qismi, 678 ta kirish yo‘lagi, 257 ta uyning fasad qismi, 32 ta uyning yerto‘la qismidagi muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, 16,8 ming kvadrat-metr uy old qismidagi yo‘laklarda mukammal va joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. 420 ta kirish yo‘lagiga temir eshik hamda 418 ta raqamli qulf, 609 ta tashqi yoritish tizimi o‘rnatildi, 52 ta bolalar maydonchasi tamirlanib, 11 ta tandirxona qurildi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
Qish faslining o‘tgan yillarga nisbatan sovuq kelishi kutilayotgan yilda ko‘p kvartirali uylarni isitish issiqlik ta’minoti tizimining qay yo‘sinda ishlashiga ham bevosita bog‘liqdir. Viloyatda 3 ta markaziy va 5 ta mahalliy qozonxona ko‘p kvartirali uylar hamda 12 ta ijtimoiy soha ob’ektini issiqlik va issiq suv ta’minoti bilan ta’minlaydi. O‘tgan yili aholining issiqlik ta’minotini yaxshilash uchun 303,7 million so‘m mablag‘ evaziga 1 ta markaziy, 3 ta mahalliy qozonxonaning 600 pogon metr issiqlik tarmoqlari mukammal ta’mirlanib, izolyatsiya qilingach, 64 ta ko‘p kvartirali uyning issiqlik va issiq suv ta’minoti yaxshilandi. Joriy yilda tarmoqqa 355,2 million so‘m mahalliy budjet mablag‘i yo‘naltirilib, Termiz shahridagi “Kamolot” qozonxonasi mukammal ta’mirlandi, zamonaviy, tejamkor qozon o‘rnatildi. Shuningdek, viloyat markazidagi RK-6 qozonxonasidan ko‘p qavatli uylarga boruvchi 141 metr uzunlikdagi issiqlik tarmog‘i yangisiga almashtirilib, izolatsiya qilindi. Uzun tumanidagi “Yosh kuch” qozonxonasiga ham yangi, zamonaviy qozon o‘rnatilib, Termiz shahri, Uzun, Qumqo‘rg‘on va Denov tumanlaridagi qozonxonalarda gaz, suv va issiqlik o‘lchash asboblari davlat qiyoslashidan o‘tkazildi.
Viloyatda qishli-qirovli kunlarda ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’ektlarining uzluksiz, barqaror ishlashini taminlash, ko‘p xonadonli uylarda yashaydiganlar uchun munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu ishlar aholining mavsumni xotirjam o‘tkazishiga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |