Bag‘dod tumanining “Oydinbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda Qo‘qon shahri va Bag‘dod, Buvayda, Rishton, Uchko‘prik tumanlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Hududlarda sektor rahbarlari, tashkilot va idoralar, tomonidan xalqni eshitish, muammolarini o‘rganish, aholining talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilib kelinayotganligi natijasida aholining ko‘plab muammolari ijobiy yechimini topmoqda. Markaziy Farg‘ona cho‘li tarkibiga kiruvchi “Oydinbuloq”da tashkil etilgan navbatdagi ochiq muloqotda ham viloyat hokimiga 42 ta murojaat kelib tushdi va ularning aksariyati shu kunning o‘zidayoq hal etildi. Qo‘shimcha muddat talab etilgan murojaatlar nazoratga olinib, qisqa muddatlarda hal etib berish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi.
Farg‘onadagi “Mohigul” xususiy firmasi rahbari Mukarramxon Yusupova xitoylik hamkorlari bilan boshlagan loyihani amalga oshirish uchun Asaka bankidan 362 ming AQSh dollari miqdorida kredit olishda yordam so‘rab murojaat qildi. Tadbirkorning mazkur masalasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifa yuklatildi. Shuningdek, sayyor qabul davomida Qo‘qon shahridan Umida Boltaboeva salomatligini tiklash uchun moddiy yordam ko‘rsatish, Sanobarxon Akramova esa farzandlarini ish bilan ta’minlash, Rishton tumanidan Burhonjon Pochchaev tadbirkorlikni rivojlantirish kabi masalalardagi murojaatlarini joyida ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.
Sayyor qabulning chekka hudud “Oydinbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilishi bejiz emas. Chunki bu yerdagi ko‘plab muammolar ijobiy yechimini topib, aholining turmush darajasini yanada yaxshilashga muhim e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur mahalla fuqarolar yig‘inida 670 ta xonadon bo‘lib, ikki mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. “Obod qishloq” dasturi asosida bu yerda ham obodonlashtirish ishlari bajarilib, yangi savdo do‘konlari, guzar, jamoat transporti to‘xtash joylari tashkil etildi. O‘ndan ortiq ko‘chalar asfalt qilindi, bog‘cha va maktab qayta ta’mirlandi. Kam ta’minlangan oilalarga byudjetdan tashqari mablag‘lar va homiylarning tashabbusi bilan moddiy yordam ko‘rsatildi. Shundanmi, sayyor qabulda oydinbuloqliklarning birontasi viloyat hokimiga murojaat qilmadi. Aksincha, davlat rahbarining yurt tinchligi, mamlakat ravnaqi yo‘lida olib borayotgan siyosatidan minnatdor ekanliklarini bildirdi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, shu kuni Oydinbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi Oydinoy Yo‘ldosheva xonadoniga borilib, uy sohibasining orzusi bo‘lgan kir yuvish mashinasi sovg‘a qilindi. O.Yo‘ldoshevaning aytishicha, qizi Baxtigulning sog‘ligi ham doimiy qarovga muhtoj.
–Biz nafaqa pullari hisobiga hayot kechirmoqdamiz, – dedi O.Yo‘ldosheva. – Qizim Baxtigul va men ilgari chevarchilik qilgan edik, agar oilamizda tikuv mashinasi bo‘lganida edi...
Bag‘dod tumani hokimi A.Tursunov bu oilaga ularning yana bir orzusi bo‘lgan tikuv mashinasini shu kunning o‘zida keltirib berishni va’da qildi hamda 1 million so‘m moddiy yordam ko‘rsatdi.
Bunday tadbirlar fuqarolarning roziligini ta’minlash va aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |