Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev Qarshi shahridagi mahallalarda joylashgan koʻp qavatli uylar va ularda yashayotgan aholining yashash tarzi bilan yaqindan tanishdi. Mavjud muammo va kamchiliklarni oʻrgandi.
Qarshi shahridagi “Paxtazor”, “Paxtazor-1” mahalla fuqarolar yigʻinlarida 50 ga yaqin koʻp qavatli uylar mavjud va ularda 8,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ushbu mahallalar Qarshi shahrining markazida joylashganiga qaramay hududdagi ahvol dilni xira qiladigan darajada achinarli. Masalan, koʻp qavatli uylarning kirish qismlariga xavfsizlik uchun oʻrnatilgan eshiklarning birortasi qulflanmaydi. Ichkarini yorituvchi chiroqlar yonmaydi. Mutasaddilar uyma-uy yurib har bir koʻp qavatli uyga kirar ekan, joylardagi mahalla va uy-joy shirkatlari raislari oʻz ishiga sustkashlik bilan qarayotganini, oʻz navbatida koʻp qavatli uylarda yashayotgan aholi ham ushbu holatga befarq boʻlib, yashayotgan uyi atrofini tozaligiga eʼtibor bermayotgani, oddiygina podyezlarni oqlab qoʻyish va boʻyash ishlarini qilmayotganini qattiq tanqid qildi. Buning uchun taʼsirchan choralar koʻrish lozimligini, aholini boqimandalik kayfiyatidan chiqarib, “Oʻz uyingni oʻzing obod qil” shiori ostida tarbiyalash lozimligini taʼkidladi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev koʻp qavatli uylar atrofida tadbirkorlar tomonidan barpo qilingan bir qancha qurilish obyektlarini koʻzdan kechirar ekan, ularning koʻpchiligi arxitektura va shaharsozlik loyihalariga umuman toʻgʻri kelmasligini qayd etib oʻtdi. Baʼzi tadbirkorlar yer maydonini olishga olib, qurilish ishlarini chala qoldirib ketgan. Oqibatda qurilish maydoni atrofidagi yoʻl va koʻchalar vayron ahvolda. Ayniqsa, qish-qirovli kunlarda bu koʻchalardan yurish aholi va maktab oʻquvchilari uchun noqulaylik tugʻdiradi. Bu esa hudud infratuzilmasiga salbiy taʼsir qilmoqda. Bu kabi holatlarga chek qoʻyish payti kelganini, endilikda quriladigan har bir obyekt shaharsozlik nazoratidan oʻtkazilib, hokim boshchiligida tuzilgan maxsus ishchi guruh tomonidan muhokama qilingandan soʻnggina qurilishga ruxsat berilishi aytib oʻtildi.
Mahallalarni aylanish davomida koʻp qavatli uylar atrofidagi chiqindixonalar va bolalar maydonchalariga alohida eʼtibor qaratildi. Haqiqatda ayni paytda mahallalardagi mavjud chiqindixonalarning barchasi antisanitariya holatida. Belgilangan talablarga javob bermaydi. Undan chiqayotgan badboʻy hid esa atrof-muhitni zaharlamoqda. Bundan tashqari chiqindilarni vaqtida tashib, olib ketish masalasi ham yetarlicha yoʻlga qoʻyilmagan. Ushbu masala boʻyicha ham hokim sohaga tegishli mutasaddilarga vazifa va topshiriqlar berdi. Chiqindixonalar barpo qilish, uni tashish uchun texnikalarni koʻpaytirish lozimligini uqtirdi.
Mahallalar faoliyati bilan tanishuv jarayonida aholi vakillari bilan ham yuzma-yuz muloqot qilindi. Ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni tingladi. Masalan, Paxtazor-1 mahallasi aholisini hududdagi tungi klub va kafelardan tun yarmigacha tinmaydigan musiqa va mast-alast mijozlarning shovqini, janjallari qiynab kelmoqda. Bu salbiy holat u yerda yashayotgan aholining nafaqat tinchini buzmoqda, balki farzandlari tarbiyasiga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
– Mahallamiz juda notinch. Sababi hududimizdagi kafe-barlarda chilimxonalar bor va ular tun yarmigacha faoliyat yuritadi, – deydi Davron Achilov. – Yuqori tashkilotlarga qancha murojaat qildik. Ammo natija boʻlmadi. Mana bugun viloyat hokimi mahallamizga tashrif buyurdi. U kishiga ham muammolarimizni aytdik. Oʻrganib chiqib ijobiy hal qilib berishga vaʼda berdi. Eng yomoni bu holatlar farzandlarimiz tarbiyasiga yomon taʼsir qilmoqda. Masalan, yaqinda kichkina oʻgʻlimni velosipedini oʻgʻirlab ketdi. Oldi olinmasa, ertaga boshqa kattaroq narsalarni oʻgʻirlamasligiga kim kafolat beradi.
Mazkur holatning tez kunlarda oldini olish boʻyicha ham mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, yillar davomida mahallada kechiktirmasdan hal qilinishi lozim boʻlgan muammo va kamchiliklar yigʻilib qolgan. Ularga birma-bir yechim topish esa, sohaga aloqador mutasaddilardan ham, hududda yashayotgan aholidan ham birdek masʼuliyatni talab qiladi. Shundagi shaharlarimiz obod, turmushimiz farovon boʻladi.
Oʻlmas BAROTOV, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |